Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida mehmon bo‘lishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51
Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida mehmon bo‘lishdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni tantana qilib, Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilagan hamyurtimiz Ruslan Nuriddinov, shuningdek boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining oltin medali sohibi Fazliddin G‘oibnazarov va bronza medali egasi Rustam To‘laganovlar poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashishdi.

Sir emaski Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti xalqaro ta’lim standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.

2007 yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasi Prezidenti S.Nathan taklifiga binoan Singapurga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston – Singapur davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va dolzarb xalqaro muammolar xususidagi suhbatda mazkur dargohning ochilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng Birinchi Prezidentimizning 2007 yil 5 sentyabrdagi “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ushbu institutga asos solindi.

Aytish joizki, bu qaror ikki mamlakat o‘rtasida boshqa yo‘nalishlar qatori ta’lim va sayyohlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu oliygohda ayni kunda Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend universitetlarining o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston, MDH va boshqa xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari uchun turli xil yo‘nalishlarda ta’lim olib borilmoqda.

Institutda har yili turli tadbir va marosimlar o‘tkazish an’ana tusini olgan. Bu o‘z navbatida talabalarning ma’naviy salohiyatini oshirishda, ularda vatanga bo‘lgan muxabbatni tarbiyalashda muxim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari bilan tashkil etilgan uchrashuv ham ochiq va samimiy ruhda o‘tdi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga sportimiz yulduzlaridan javob olishdi. Ta’kidlash kerakki suxbat jarayonida talabalar bir olam ta’surot olishdi. Umuman olganda, Olimpiada g‘oliblari bilan o‘tgan uchrashuv tadbir ishtirokchilarining yodida bir umrga saqlanib qolishi shubhasiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar