Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

O‘zbekiston qit’alararo pley-off orqali JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
O‘zbekiston qit’alararo pley-off orqali JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi?

Football-rankins.info veb-sayti terma jamoalarning JCh-2018ga chiqish imkoniyatlarini chamalab chiqdi. Jumladan, veb-sayt Osiyo terma jamoalarining imkoniyatlarini quyidagicha hisob-kitob qilgan.

"A" saralash guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘lish imkoniyati 49,6%ga baholangan. Guruh peshqadami bo‘lib turgan Eronning imkoniyati esa 93,33%ga tenglashtirilgan. Sayt taxminiga ko‘ra Janubiy Koreya terma jamoasi guruhda 2-o‘rinni egallab, JCh yo‘llanmasiga ega bo‘ladi — 72,04%.
Ta’kidlash lozimki, terma jamoamiz Eronga yutqazib qo‘yganidan keyin, Football-rankins.info 7 oktyabrSh kuni e’lon qilgan materialda, O‘zbekiston terma jamoasining Mundial yo‘llanmasi uchun kurashdagi imkoniyati 39,7 foizga baholangandi. Xitoy ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin imkoniyatlarimiz 10%ga oshganini ko‘rish mumkin. J.Koreyaning Eronga qarshi o‘yinidan oldin imkoniyati 79,16% deya chamalangandi.
Bundan tashqari, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z guruhida 3-o‘rindan pastga tushib ketmaydi. "V" guruhida Saudiya Arabistoni terma jamoasining 3-o‘rinni egallash imkoniyati yuqori baholangan. JCh-2018 yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida to‘qnashuvida O‘zbekistonning imkoniyati 60,2%, Saudiyaniki 32,0% deb berilgan. KONKAKAF jamoasi bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda O‘zbekistonning imkoniyati 57,8%, Saudiya Arabistoniniki esa 43,8%ga tenglashtirilgan.
KONKAKAF mintaqasida 4-o‘rinni Panama terma jamoasi egallashi taxmin qilingan va uning qit’alararo pley-off to‘qnashuvidagi g‘alaba qozonish uchun salohiyati 43,8% deya taxmin qilingan.


O‘zbekiston qit’alararo pley-off orqali JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi?


Bu shunchaki nazariy hisob-kitoblar. Barchasini esa maydondagi o‘yin hal qilishini eslatib o‘tamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar