Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

Birinchi liga. "Nasaf-2" "Paxtakor-2" klubini mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Birinchi liga. "Nasaf-2" "Paxtakor-2" klubini mag‘lub etdi

Bugun “Nasaf-2” jamoamiz, 32-tur doirasidagi uchrashuvda “Paxtakor-2“ jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechdi. O‘tgan turda o‘z maydonida “NBU-Osiyo” jamoasidan mag‘lubiyatga uchragan, Nurali Sultonov shogirdlarining o‘yin boshidan faqat g‘alaba uchun maydonga tushganlari sezilib turdi.

Ammo ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi yuqori bo‘lsada, hayajondanmi yoki boshqa sababmi, dastlabki daqiqalarda o‘yini unchalik qovushmadi. Hujumlar orqali yaratilgan vaziyatlar samarasiz yakunlanaverdi. Artyom Petrosyan shogirdlari bo‘lmish “Paxtakor-2” jamoasi himoyada yaxshi harakat qilishdi. “Nasaf-2” jamoasining tashkil etgan ko‘plab hujumlarida o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab turishdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasiga kelib futbolchilarimiz bari-bir o‘z maqsadlariga erishishdi. Hisob Javohir Ashurov tomonidan ochildi, uning darvoza yaqinidan tepgan to‘pini Shoazam Shomurodov qaytarishga ojizlik qildi – 1:0.

Hisobda oldinga o‘tib olgan jamoamiz aslo o‘yin suratini pasaytirmadi, ko‘plab hujumlar va bu orqali gol urish uchun vaziyatlar ham yaratildi, ammo darvozani aniq nishonga olish hech kimga nasib etmadi.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchi bo‘limdagidek, jamoamiz ustunligida boshlandi. Lekin ikkinchi bo‘limdagi ilk golni urish, mehmon jamoaga nasib etdi. 62-daqiqada
Botir Xolliev gol muallifi bo‘ldi – 1:1.

Bu gol albatta jamoamizni sarosimaga solib qo‘ymadi. Ular yana oldinga tashlanishdi va mehmonlarni butun jamoa bo‘lib himoyalanishga majbur etishdi. To‘g‘ri, “Paxtakor-2” jamoasi ham faqatgina himoyalanmasdan imkoni bo‘ldi deguncha, qarshi hujumlar uyushtirib turdi.

Uchrashuvning 72-daqiqasiga kelib, jamoamiz futbolchilari yana hisobda oldinga o‘tib olishni uddalashdi. “Paxtakor-2” jamoasi himoyachilarining pala-partish harakatidan unumli foydalangan Ilhomjon Alijonov o‘z jamoasining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi – 2:1.

Hisob o‘zgargandan keyin maydonda to‘p uchun kurash juda keskin tus oldi. Futbolchilar ba’zan feyr-pleyni ham yoddan chiqarib qo‘yishdi. Shu bois uchrashuvni boshqargan Shuhrat Rajabov ham tez-tez cho‘ntagidan sariq kartochkani chiqarishga majbur bo‘ldi. Uchrashuvning 86-daqiqasiga kelib esa, Oybek Nurmatov hakam tomonidan ikkinchi ogohlantirishni olib, maydondan chetlatildi.

Qizg‘in bahs, hakamning o‘yin tugashi haqidagi hushtagi chalinguncha davom etdi. Shunday qilib, Nurali Sultonov shogirdlari bu safar muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ular birinchi davrada ham “Paxtakor-2” jamoasini kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishganini eslatib o‘tmoqchimiz. Yana bir ma’lumot, ayni paytda “Paxtakor-2” jamoasini boshqarayotgan Artyom Petrosyan o‘tmishda “Nasaf” jamoamiz tarkibida darvozabon sifatida faoliyat yuritgan.

“Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi 33-tur uchrashuvini safarda Nukusning “Orol” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 23 oktyabr kuniga belgilangan.

Jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston Birinchiligi, 32-tur. 16.10.2016 y.

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Paxtakor-2” (Toshkent) 2:1 (1:0)

“Nasaf” FM stadioni. Soat 16:00da

Bosh hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Sherzod Qamarov (ikkalasi ham Samarqanddan)

Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand)

Gol: Gol: Javohir Ashurov, 34’-1:0, Ilhomjon Alijonov, 72’-2:1 – Botir Xolliev, 62’-1:1.

“Nasaf-2”: 1.Javohir Komilov (s), 4.Dostonbek Berdiqulov, 5.Sherzod Nasrullaev, 10.Dilshod Saitov, 14.G‘olib G‘aybullaev, 19.Javohir Ashurov, 22.Akmaljon Olimov, 23.Shaxboz Erkinov (32.Xudoyorxon Sagdullaev 72), 28.Navro‘zjon Izatillaev, 34.Ilhomjon Alijonov (29.Jo‘rabek Mannonov 84), 42.Samandar Shukrullaev.

Zaxira: 7.Sirojiddin Ettiboev, 9.Shamsiddin Sagdullaev, 27.Oybek Bozorov, 33.Shohruh Nematov, 38.Muzaffar Omonqulov.

“Paxtakor-2”: 1.Shoazam Shomurodov, 4.Rashid Sharobiddinov (s), 7.Farruh Yo‘ldoshev, 14.Oybek Nurmatov, 15.Bilolxon Toshmirzaev, 16.Yusuf Shoimov, 17.Adxamjon Axmadjonov (19.Sherzodjon Jo‘raqo‘ziev 89), 18.Elyor Omonjonov (29.Abdumalik Mahkamboev 46), 20.Sarvar Sattorov (28.Muhammad Komilov 83), 21.Quvondiq Mo‘minov, 25.Botir Xolliev.

Zaxira: 33.Nodir Xomidov.

Ogohlantirish: Sherzod Nasrullaev 27, Shahboz Erkinov 61, Samandar Shukrullaev 89 – Farruh Yo‘ldoshev 36, Oybek Nurmatov 36, Rashid Sharobiddinov 59.

Chetlatish: Oybek Nurmatov (2SK) 86

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar