Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

Shavkat Saidov: “Qizilqum” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 20
Shavkat Saidov: “Qizilqum” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik"

“Metallurg” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi boshlig‘i Shavkat Saidovning uchrashuv haqidagi fikrlarini so‘radik. Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig‘i: - Musobaqa jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalarning bahsi hamisha murosasiz kurashlar ostida kechadi. Zero qayd etiladigan natija jamoaning keyingi mavqeini belgilab berishi aniq. Shu ma’noda biz ham yon qo‘shnilarimiz – “Qizilqum” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Birinchi taymda ikkila jamoaning ham o‘yini qovushmadi. Chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffus klublarning o‘yiniga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaganligi sezildi. Ammo vaqt o‘tgani sari ikkala jamoa ham o‘z o‘yinini topib bordi. Shu boisdan ham ikki xil taymning shohidi bo‘ldik. Ikkinchi taym muxlislarga manzur bo‘ldi, deb o‘ylayman. Jamoalar hujumkor futbol namoyish etishdi. Har ikkala klubda gol kiritish imkoniyatlari bo‘ldi. Taym o‘rtalarida Jasur Hasanov darvozabonimiz bilan yakkama yakka chiqqan paytda, to‘g‘risi omadimiz chopdi. Suhrob Sultonovning ham vaziyatni o‘qiy olganligiga tasanno. Bu esa futbolchilarimizni o‘yin oxirida ruhlantirib yubordi va so‘nggi daqiqada uyushtirigan shiddatli hujumimizda Zohid Abdullaev muhim golini kiritdi. Navoiyliklar haqida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Ular juda yaxshi shakllangan jamoani barpo etishgan. Shu yo‘nilishdagi izlanishni davom ettiraverishsa yaqin orada sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan klubga ega bo‘lishadi. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman, deydi Shavkat Saidov. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar