Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

Bugun futbol. “Nasaf-2“ – “Paxtakor-2”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 23
Bugun futbol. “Nasaf-2“ – “Paxtakor-2”

Bugun “Nasaf” futbol maktabi stadionida O‘zbeksiton Birinchiligi 32-tur doirasidagi “Nasaf-2” – “Paxtakor-2” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00da start oladi.

“Nasaf-2” jamoamiz mavsumda 26ta uchrashuv o‘tkazdi va ochkolari soni 36taga teng. Turnir jadvalining 6-pog‘onasini band etib turibdi.

O‘tgan 31-turda o‘z maydonidagi alamli mag‘lubiyatga uchragan, Nurali Sultonov shogirdlari bugun g‘alaba uchun maydonga tushishlari aniq.

Bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ham ma’lum bo‘lgan. Unga ko‘ra, uchrashuvni Buxorolik hakam Shuhrat Rajabov boshqaradi. Unga qanotlarda samarqandlik hakamlar Sardor Hakimov va Sherzod Qamarovlar yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchisi Xushvaqt Muxtorov, Samarqand shahridan.

O‘zbekiston Birinchiligi. 32-tur. 16.10.2016 y.

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Paxtakor-2” (Toshkent)

“Nasaf” FM stadioni. Soat 16:00da.

Bosh hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Sherzod Qamarov (ikkalasi ham Samarqanddan)

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).

Kecha ushbu tur doirasida 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Natijalarni e’tiboringizga havola qiamiz.

“Kosonsoy” (Kosonsoy) – “UzDongJu” (Andijon) 3:1

“Xotira-79” (Uychi) – “Norin” (Xaqqulobod) 0:1

“Zomin” (Zomin) – “Orol” (Nukus) 4:3

“Dinamo” (Samarqand) – “Xorazm” (Urganch) 3:0

Bugun yana ushbu tur doirasida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

“Mash’al-2” (Muborak) – “NBU Osiyo” (Toshkent)

“G‘ijduvon” (G‘ijduvon) – “Nurafshon” (Buxoro)

Ertaga 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Birinchiligining 32-turning so‘nggi uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bunda “Lokomotiv – BFK” (Toshkent) – “Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilishadi.

Navbatdagi 33-tur uchrashuvlari 23 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Bu turda jamoamiz Nukusning “Orol” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Barcha muxlislarni stadionimizga chorlab qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar