Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

Javohir Rasulov: “Sherzod Hakimov o‘z ishining ustasi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 19
Javohir Rasulov: “Sherzod Hakimov o‘z ishining ustasi”

Oliy liga 25-tur doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” (1:0) bahsidan keyin farg‘onaliklar futbolchisi Javohir Rasulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kutilganidek og‘ir o‘yin bo‘ldi. Mana shunday qiyin bahs kechishini bilardik. Shu sababli o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va mexnatlarimiz o‘z samarasini berdi. Ko‘pchilik futbolchilarda kichik jarohatlar bo‘lishiga qaramay, hamma bor kuchi bilan harakat qildi. To‘g‘risi, oxirgi bahslarda kichik jarohat bilan harakatlanyapman. Baribir jarohatlar futbolchining o‘yiniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xudo xoxlasa, o‘yindan o‘yinga o‘z saviyamni yanada oshirib, murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlayman.

- Toshkent jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Raqib haqida ijobiy fikrlar aytish o‘tish mumkin. “Paxtakor” ikkinchi davrada yanada kuchaygan. “Sherlar” o‘z maydonida “Lokomotiv”dek jamoani mag‘lub etishgani fikrimga tasdiq bo‘la oladi. Toshkentliklar safida Jaloliddin Masharipov hamda Jasur Hakimovlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

- «Neftchi» futbolchisi Sherzod Hakimov so‘nggi o‘yinlarda ketma-ket gollar urmoqda. Hakimov bugun ham maydonni golsiz tark etmadi...

- Men Sherzod Hakimovni haqiqiy professional sportchi deb bilaman. Hakimov bugun ham jamoa uchun yana bir muhim to‘pga egalik qildi. To‘g‘risi tajriba va mahorat yashil maydonda o‘z so‘zini baribir aytadi, - dedi Javohir Rasulov.

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar