Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

Jasur Abduraimov: “Futbolchilar bugun iroda ko‘rsatishdi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 22
Jasur Abduraimov: “Futbolchilar bugun iroda ko‘rsatishdi”

Jasur Abduraimov Tojikstonga qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida uning shogirdlari o‘yinda iroda ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manama. Bahrayn. "Khalifa Sport City" Stadium.

O‘yindan keyingi matbuot anjumani.

“Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Ammo, ikkinchi bo‘limda futbolchilar qanday harakat qilish kerakligini his qilishdi va yakunda biz g‘alaba qozondik. Bugun Tojikiston himoyaviy, pozitsion hujumlarga e’tibor bergan holda, yaxshi taktika namoyish etishdi. Biz esa, asosan hujumda o‘ynadik. O‘yinda hisobda ortda qolayotganiga qaramay, iroda ko‘rsatganlari uchun futbolchilarga rahmat aytishim lozim. Bugungi o‘yinda, o‘yin davomida yaxshiroq va kuchliroq bo‘lgan jamoa g‘alaba qozondi”.

“Bu guruh turnirdagi eng kuchli guruhlardan biri. Avval ham shu haqda aytgan edim, hozir ham aytishim mumkinki, bu guruhdagi barcha o‘yinlar juda qiziqarli o‘tadi. Keyingi o‘yin Avstraliyaga qarshi va bu o‘yinga ham bugungidek yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz raqibga qarab taktika tanlaymiz va raqib uslubidan kelib chiqib o‘ynashga harakat qilamiz. O‘zini kuchli deb hisoblaydigan har qanday jamoa har bir raqibga qarshi turli xil taktikalarni sinashga tayyor turishi va ularga qarshi turli uslublarda o‘ynay olishi kerak”, - dedi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Vitaliy Levchenko (Tojikiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi):
“Biz uchun juda omadsiz o‘yin. Biz uchun muhimi, bugungi o‘yinni unutib, keyingi o‘yinlarga bundan yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. O‘yinning birinchi qismida yaxshi o‘ynadik, ammo keyinroq, O‘zbekiston ustunlikni o‘z qo‘liga oldi va o‘yinda g‘alabaga erishdi. Bugungi g‘alaba bilan bizning raqibimizni tabriklayman”.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar