Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

"Andijon" G‘uzorda qimmatli ochkolarni boy berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
"Andijon" G‘uzorda qimmatli ochkolarni boy berdi

Oliy liganing navbatdagi turida jamoamiz safarda “Sho‘rtan” bilan bahs olib bordi.

Ayni damda turnir jadvalida quyi pog‘onadan o‘rin egallab turgan “burgutlar” G‘uzorda qanday bo‘lmasin g‘alaba bilan qaytish ilinjida safar uyushtirdi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘yindan oldin tarkibda bir qator o‘ziga yarasha yo‘qotishlar mavjud edi. Ro‘zimboy Ahmedov va Alisher Abduvohidov jaroxat sabab “Sho‘rtan”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur edi. Shuningdek markaziy himoyachi Javlon Guseynovning sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois ushbu turni o‘tkazib yubordi.

O‘yin tafsilotlariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda har ikki klub futbolchilari jangavor o‘yin ko‘rsatdi. Jamoalar navbatma-navbat hujum uyushtirdi. Tan olish kerak, mezbonlarning hujumlari nisbatan xavfli tus oldi. Xususan 40-daqiqada Abbos Amonovning chap qanotdan darvoza tomon yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegib qaytdi.

Ammo xavfli vaziyatlar yaratilgan bo‘lsada birinchi taymda hisob ochilgani yo‘q.

Ikkinch bo‘limni jamoamiz hujumkor ruhda boshladi. Obid Jo‘raboev o‘ng qanotdan erlatib to‘pni jarima maydoniga oshirib berdi. Ammo uni darvozaga yo‘llaydigan o‘yinchi yo‘q edi. Anvar Berdievgacha to‘p etib bormadi. Natijada himoyachilar to‘pni qaytarib, xavfni bartaraf etib yubordi.

67-daqiqaga kelib esa uchrashuvda hisob ochildi. Zafar Polvonov jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga qulay qilib oldi va to‘pni erga tushirmasdan to‘g‘ri darvozaning yuqori to‘qqizligiga aniq joylab qo‘ydi – 1:0.

Oradan bir oz o‘tgach, “Sho‘rtan”ning to‘purari o‘z dublini rasmiylashtirdi. Bu safar hujum o‘ng qanotdan boshlandi. Ma’ruf Murodov jarima maydoni ichida to‘pni havolatib darvozaga yo‘lladi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi. Yana Polvonov darhol paydo bo‘ldi va boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi – 2:0.

Shundan so‘ng “Andijon” hisobni qisqatirish maqsadida astoydil hujumga o‘tdi. Zaxiradan yangi kuchlar chiqarildi. Biroq bu ham samara keltirmadi. “Sho‘rtan” futbolchilari qolgan daqiqalarda ham himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatib, darvoza dahlsizligin saqlab qoldi.

Shu tariqa ushbu turda ham “burgutlar” qimmatli ochkolarni boy berdi.

15.10.2016

Oliy liga 25-tur

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Andijon» (Andijon) 2:0 (0:0).

G‘uzor. “G‘uzor” stadioni 4351 tomoshabin
Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent) – 8,4, Timur Galeev (Toshkent) – 8,5, Akbar Po‘latov (Toshkent) – 8,4, IgorSh Xudaydatov (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Gollar: Zafar Polvonov, 67, 72.

«Sho‘rtan»: 1. Eldor Tojiboev, 3. Hasanboy Ergashev, 4. Jamol Otaqulov (25. Asror Aliqulov, 77), 8. Sunnatilla Mamadaliev, 9. IgorSh Taran (s), 11. Zafar Polvonov, 14. Umar Eshmurodov, 18. Eldor Boymatov, 19. Ma’ruf Murodov, 22. Laziz Ubaydullaev, 48. Vusal Magerramov (7. Olim Karimov, 55).
Zaxira: 93. Alibek Turobov, 6. Abbos Amonov, 17. G‘ulom Rahmonov, 20. Shahzod Xursanov, 50. Sevdiyor Hamroqulov.

«Andijon»: 1. Akmal Tursunboev, 4. Azamat Isroilov (90. Pavel Smolyachenko, 75), 6. Ibrohim Otaxonov (8. Elman Tagaev, 80), 10. Anvar Berdiev, 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmuratov, 19. Denis Ilesku (91. Alibobo Rahmatullaev, 73), 29. Obid Jo‘raboev, 55. Dilshod Jo‘raev, 60. Azamat Bobojonov, 89. Bobur Akbarov.
Zaxira: 46. Xurshid Xodjaev, 34. Abror Komilov, 44. Dilmurod Mahmudov, 45. Artur Mamatkazin.

Ogohlantirishlar: IgorSh Taran (86), Eldor Boymatov (88) – Bobur Akbarov (78).

Eng yaxshi o‘yinchilar: IgorSh Taran – Anvar Berdiev

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar