Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

La Liga 8-tur. «Real» «Betis»ni tor-mor etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 19
La Liga 8-tur. «Real» «Betis»ni tor-mor etdi

Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Real» safarda «Betis» klubini tor-mor etdi.

4-daqiqadayoq hisob ochildi. Kroos chap qanotda belgilangan jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilardan baland sakragan Varan boshi bilan uni darvozaning uzoq burchagiga aniq yo‘lladi.
31-daqiqada Kroos to‘pni Benzamaga etkazdi, u esa chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi.
Oradan 8 daqiqa o‘tgach, Benzema uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegdi va jarima maydonida e’tiborsiz qoldirilgan Marseloga kelib tushdi. U esa yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi.
Bo‘lim yakunida, qarshi hujumda Ronaldu to‘pni jarima maydoniga oshirdi. O‘ng qanotdan kirib kelgan Beyl to‘pni markazga, Iskoga etkazdi. U esa yaqin masofdan bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi. Juda chiroyli kombinatsiya!
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Sexudo darvozabon bilan yuzma-yuz chiqdi va osonlik bilan gol urdi — 1:4.
62-daqiqada Ronaldu to‘pni jarima maydoni ichiga Benzemaga oshirganida, u to‘pga ulgurmadi. Biroq chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan Isko uni egallab oldi va darvozaning uzoq burchagiga aniq yo‘lladi. Juda chiroyli gol!
78-daqiqada esa Morata ajoyib to‘p oshirish orqali Ronalduni darvozabon bilan yuzma-yuz chiqardi. Bunday qulay vaziyatni hujumchi qo‘ldan boy bermadi — 1:6.


Ispaniya chempionati, 8-tur

Betis – Real Madrid 1:6 (0:4)
Gollar: 0:1 – 4 Varan, 0:2 – 31 Benzema, 0:3 – 39 Marselo, 0:4 – 45 Isko, 1:4 – 55 Sexudo, 1:5 – 62 Isko, 1:6 – 78 Ronaldu.
Betis – Adan, Mandi, Durmisi, Pichchini, Petstselya, Brashanats (Zozulya, 46), Petros, Marten (Sebalos, 67), Sanches, Ruben Kastro, Alegriya (Sexudo, 46).
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Varan, Kovachich (Vaskes, 65), Kroos, Isko, Beyl (Asensio, 79), Ronaldu, Benzema (Morata, 75).
Ogohlantirishlar: Isko (43), Petstselya (49), Zozulya (77), Petros (90).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar