Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

O‘zbekiston yoshlari Tojikiston ustida irodali g‘alabaga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
O‘zbekiston yoshlari Tojikiston ustida irodali g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Jasur Abduraimov shogirdlari Tojikiston termasi ustidan irodali g‘alaba qozonishdi.
Birinchi o‘yin bo‘lgani uchun bo‘lsa kerak, jamoamizning o‘yini qovushmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Balki bahsning 7-daqiqasida To‘xtasinov tomonidan 22 metrlardan yo‘llangan zarba ustunga emas, to‘rga borib tushganida, o‘yin boshqacha kechishi ham mumkin edi. Boz ustiga, 20-daqiqada qo‘shnilarimiz unchalik xavfli bo‘lmagan vaziyatni golga aylantirishdi. Jarima maydonchasiga etkazilgan uzatmaga Karomatullo Saidov 14 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p Ergashevning ustidan oshib o‘tib, to‘rga borib tushdi.

Tanaffusgacha jamoamiz raqib mudofaasini yorib o‘tishning uddasidan chiqa olmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Abduraimov birdaniga 3ta o‘zgarish qo‘l urdi. Bu o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi.
Nihoyat, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘zbekistonlik yoshlar bir-biriga o‘xshash ikki hujumda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishdi. Dastlab terma jamoamiz qisqa paslar orqali chap tomondan jarima maydonchasiga kirishdi. Saidjamol Davlatjonov bir himoyachini aldadi va o‘ng oyoqda olis burchakni aniq nishonga oldi.

Oradan 6 daqiqa o‘tib Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanot markaz tomon surildi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida chap oyoqda olis burchakni aniq nishonga oldi.
Darvoqe, ikkinchi bo‘limda o‘zbek futbolchisi tomonidan yo‘llangan zarba natijasi to‘p yana bir marta Tojikiston darvozasi ustuniga tekkanini ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston yoshlari so‘nggi bo‘limda to‘pni to‘liq nazorat qilishdi va ilk o‘yinda g‘alabani rasmiylashtirishdi. Jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 18 oktyabrSh kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati. "D" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON - TOJIKISTON - 2:1 (0:1)
Gollar: Saidjamol Davlatjonov (67), Jasurbek Yaxshiboev (72) — Karomatillo Saidov (20)
Ogohlantirishlar: Sharof Muhiddinov (28), Oybek Rustamov (31) — Karomatillo Saidov (22), Vahdat Hanonov (90+4)
O‘zbekiston: 12.Umidjon Ergashev, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Islomjon Qobilov (S), 5.Xushnudbek Avilov, 6.Azizjon G‘aniev, 7.Sanjar Qodirqulov (Saidjamol Davlatjonov 46), 9.Jasurbek Yaxshiboev, 14.Sharof Muhiddinov, 15.Oybek Rustamov, 22.Begzod G‘anijonov (Bobur Abduxoliqov 46), 23.Nurillo To‘xtasinov (Jamshid Yusupov 46)
Tojikiston: 23.Behruz Xayriev, 3.Davlatmir Tabreziy, 5.Dorobjon Ergashev, 7.Karomatullo Saidov (S), 9.Muhammadjoniy Hasan (Daler Yodgorov 73), 10.Muxsinjon Parpiev, 11.Nuriddin Hamroqulov, 14.Vahdat Hanonov, 15.Zoir Jo‘raboev, 17.Panshanbe Ehsoniy (Hojiboy Ziyoev 85), 19.Azimjon Rahmonov
Bosh hakam: Nivon Robesh Gamini (Shri Lanka)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar