Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

"Norin": Maqsad Oliy liga!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
"Norin": Maqsad Oliy liga!

Joriy mavsumdan O‘zbekiston Birinchiligida Namangan viloyati sharafini 3 ta jamoa himoya qilib kelmoqda.

"Kosonsoy" va "Xotira-79"dan farqli ravishda Haqqulobodning "Norin" jamoasi debyut mavsumdayoq liga peshqadamlari safidan joy oldi. Ikkinchi davrada jamoa juda ishonchli tarzda to‘p surmoqda va hali Vali Keldiev boshqaruvidagi jamoa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgani yo‘q, ikkinchi davrada, albatta.

So‘nggi natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, "Norin" Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi ham mumkin! Klub mutasaddilarining ham asosiy maqsadi - Oliy liga! Hozirda Haqqulobodliklar 29 uchrashuvda 62 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni band etgan. 3-o‘rindagi "Tsementchi" hisobida 58 ochko mavjud. "Dinamo" hisobida 70 ochko bor va albatta samarqandliklar 1-o‘rinni hech kimga berishmaydi - bu aniq. 2-o‘rin uchun vodiyning ikki jamoasini kurash olib bormoqda.
"Norin" va "Tsementchi" jamoalari yana 6 ta uchrashuv o‘tkazishadi. Qolgan uchrashuvlarga nazar tashlar ekanmiz, Vali Keldiev jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, Oliy liga uchun pley-offda ishtirok etishga qodir. Hech bo‘lmaganda bir ochko farqi bilan "Tsementchi"ni ortda qoldirish imkoni bor. Bu borada Vali Keldiev jamoasiga omad tilagan holda, yoqimli an’anani davom ettirishlariga umid bildirib qolamiz!

"Norin" va "Tsementchi"ning navbatdagi raqiblari:

32-tur
Xotira-79–Norin
33-tur
Norin – Zomin
Tsementchi– Kosonsoy
34-tur
Norin – Dinamo
Tsementchi– Xotira-79
35-tur
Zomin – Tsementchi
Mash’al-2 – Norin
36-tur
Nasaf-2 – Norin
Dinamo– Tsementchi

Qoldirilgan uchrashuvlar:
Tsementchi– Orol
Norin – Uz-Dong-Ju
Tsementchi– Xorazm

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar