Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Bugun futbol. “Bunyodkor” – “Nasaf”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111
Bugun futbol. “Bunyodkor” – “Nasaf”

Bugun 25-turning maraziy uchrashuvi hisoblangan “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Bunga bir qancha sabablar bor. Jumladan, turnir jadvalida yonma-yon borayotgan ushbu jamolar bugun yigirmanchi bor kuch sinashishadi. Yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan har ikkala jamoa uchun bugungi uchrashuv juda katta ahamiyatga ega.

Yaqin o‘tgan mavsumlarda mazkur jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarda kuchlar teng kelmoqda.

“Nasaf”ning Toshkentda “Bunyodkor” ustidan g‘alabasi 2014 yilgi mavsumda qayd etilgan. “Bunyodkor” jamoasi “Nasaf”ni so‘nggi bor Toshkentda 2013 yilgi mavsumda mag‘lub eta olgan.

Ro‘ziqul Berdiev bugungi uchrashuvda o‘z shogirdlarini chempionatimizda 116-marta maydonga boshlab tushadi. Shogirdlari bugun unga faoliyatidagi 75-g‘alabani tuhfa qilishlari mumkin. Berdiev o‘z shogirdlarini bu o‘yinga har qachongidan puxta tayyorladi. “Ajdarlar” bu o‘yinga har tomonlama tayyor turishibdi.

Mazkur jamoalarning Toshkentdagi bugungi 10-tuqnashuvi qanday natija bilan yakunlanadi. Buni uchrashuvdan keyin bilib olamiz.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ushbu markaziy uchrashuvni boshqarib borishni, nafaqat mamlakatimiz balki jahonning eng tajribali referisi bo‘lmish Ravshan Ermatovga ishonib topshirgan.

Bugun shuningdek, o‘z sevikliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun Qarshi shahridan ham ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurishadi. Bundan tashqari Toshkentda ta’lim olayotgan va ishlayotgan ko‘psonli futbol ishqibozlari ham jamoamizga ishqibozlik qilish istaklarini bildirishgan.

Ma’lum sabablar bilan stadionga tashrif buyur olmagan muxlislar, ushbu uchrashuvni “Sport” telekanali orqali ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Demak, bugun futbol! Milliy chempionatimizning ikki eng kuchli jamoasidan chiroyli va mazmunli o‘yin kutib qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar