Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Bema’ni «etimlik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43
Bema’ni «etimlik»

Futbolimizda odat deyishga til bormaydigan bema’ni bir qiliq bor: «tap» etib klub tashkil qilinadi‑da unga jarangdor nom qidiriladi. Keyin laqab tanlanadi: bo‘rilar, tulkilar, shoqollar, sichqonlar, yana bir balolar. Ko‘pchilik klublar nima uchun, kim uchun ochilganini ham mavhumday. Quyida shu haqda fikr bildirsak.

«Paxtakor», «Bunyodkor» yoki «Lokomotiv» o‘zaro o‘ynab qolsa, vahimaning kattasi boshlanadi: «poytaxt derbisi». Ey, jo‘ra, qanaqa derbi? Bu o‘yinlarning nimasini derbi deysiz? Ikkalasi ham bir hudud sharafini himoya qiladi-ku! Poytaxtning uchta etakchi jamoasi o‘yinlariga deyarli bir xil muxlislar tushadi. Javob beringlarchi, o‘rtoq klub rahbarlari, sizlarga shaharning qaysi qismi muxlislik qilsin? Qo‘pol qilib aytganda, shaharni qanaqasiga bo‘lib olgansiz?

Angliyadagi derbilarni eslang, Angliyani qo‘ying, Londonning o‘zini ayting. Har bir London jamoasi shaharning maxsus qismi nomi bilan ataladi. O‘z-o‘zidan bu jamoaga o‘sha hududning odamlari muxlislik qiladi. Masalan, Toshkentda «Darxon» degan jamoa bo‘lsayu, u O‘zbekiston chempionati doirasida «Eski shahar»ha qarshi o‘ynasa, mana buni derbi desa bo‘ladi. Jamoa ba’zalari ham aynan o‘sha hududlarda bo‘lsa, klub tarixi ham shu joy bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa. Shundagina buni derbi deyish mumkin. Jamoalarda esa an’ana shakllanadi. Bugun futbolimizda «Paxtakor»dan boshqa an’anaga ega jamoa yo‘q!

Markaz Toshkent bo‘lgani uchun misollarni poytaxtdan keltirmoqdamiz. «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Obod» jamoalari butunlay maqsadsizday ko‘rinadi menga. O‘yinlarini ko‘rish uchun hech kim tushmaydigan jamoalarni qanday atash mumkin? Boshqa shaharlik muxlislarning Osiyo kuboklarida qatnashayotgan jamoalarimizga milliy chempionat o‘yinlarida muxlislik qilishlari g‘alati. Bu hali futbol an’anasi shakllanmaganidan dalolat beradi. «Bunyodkor»ning liboslarini kiyib olib stadionda shu jamoaga muxlislar qilayotgan yoshi katta muxlislarni ko‘rsam, hayron qolaman. 79 yildagi halokatga guvoh bo‘lgan odam qanday qilib «Paxtakor»dan boshqa jamoaga muxlislik qilishi mumkin?

Klublar muxlislarni oshirishning sun’iy yo‘llarini qidirib stadionlarda lotereya o‘ynatishdi, mashinalar qo‘yishdi, chiptalarni tekin qilishdi, lekin foyda bo‘lmadi. Shu uchun klub ochishdan avval uning qanday an’anaga ega bo‘lishi haqida ham o‘ylab ko‘rishsa, tuzuk bo‘lardi. Xalqimiz futbolni judayam yaxshi ko‘radi. Qishlog‘imizda uning nomi bilan ataladigan «Sochak» jamoasi ochildi. Hech qanday homiy, ba’zi hollarda etarli zaxira o‘yinchilari bo‘lmasa ham, jamoa ikkinchi ligada o‘z guruhida etakchilik qilmoqda. O‘yinlarni butun qishloq intiqib kutadi, bahslar qaerda kechmasin, to‘planib borishadi, klub liboslarini kiyib yurishadi. Jamoaning kichikkina tarixi va an’anasi bor. Katta jamoalarimiz Evropa futbolining mana shu jihatlaridan o‘rnak olsalar, biz muxlislar bir qop semirganday bo‘lardik…

O‘tkir Jalolxonov

Manba: Stadion.uz


Teglar: Bema etimlik

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar