Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Andrey Miklyaev: "Bugun g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 17
Andrey Miklyaev: "Bugun g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi"

Qisqa tanaffusdan so‘ng bugundan oliy ligada 25-tur uchrashuvlariga start berildi. Kun doirasidan o‘rin olgan qiziqarli bellashuvlardan birida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi. Asosan “Temiryo‘lchilar”ning ustunligi ostida o‘tgan o‘yinda “Loko” 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyaev quyidagilarni ta’kidladi:

- Bugun oson o‘yin o‘tkazmadik. Zero oldingi ikki turda ochko yo‘qotgandik. Shu sababli bu safar g‘alaba qozonishimiz shart edi. Shukr, yigitlar barcha ko‘rsatmalarimizni ko‘ngildagidek bajara olishdi va natijada yirik hisobda g‘alabaga erishdik. Bundan juda ham xursandmiz. Birinchi bo‘limdayoq tezkor gollar kiritib olganimiz bizga ancha qo‘l keldi. Oldinda bizni juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Qolaversa, taqvimimiz ancha zich ko‘rinish olgan. Shuni inobatga olgan holda terma jamoa tarkibida o‘yin o‘tkazgan yigitlarga bugun biroz dam berishga qaror qildik.

Butun mavsum davomida bir tekisda o‘yin ko‘rsatish oson emas. Zero futbolchilar ham odam, ular qandaydir to‘xtamaydigan mashina emas. Shu sababli ba’zan o‘yinchilarga dam berib turish lozim. Masalan, bugun terma jamoada o‘ynaganlarga dam berdik. Natijada Bobur Yuldashevga ilk daqiqalardanoq imkon berildi. U esa yomon o‘yin ko‘rsatmadi.

Bugun raqib jamoa ham yomon o‘ynamadi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda biz ba’zi vaziyatlarda asosan himoyaga tayangan holda ham o‘ynashga majbur bo‘ldik. Raqibning hujumlarini bartaraf etishda esa Ignatiy Nesterov ham ancha jonbozlik ko‘rsatdi. Natijada jamoamiz darvozasi daxlsizligi saqlab qolindi, - deydi tajribali mutaxassis.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar