Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Oliy liga 25-tur. "Navbahor" vazifani bajara olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29
Oliy liga 25-tur. "Navbahor" vazifani bajara olmadi

Oliy liganing 25-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Navbahor" "Buxoro"ga yutqazdi.

«Buxoro» bilan o‘yin jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Faqatgina g‘alaba qozonish orqali futbolchilarimiz musobaqa jadvalidagi ahvollarini biroz bo‘lsada yaxshilab olish imkoniga ega bo‘lishardi. Shu sababli, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilar oldiga faqat g‘alaba qozonish vazifasini qo‘yishgandi. Uchrashuvning birinchi qismida vakillarimiz o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarib, 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan tanaffusga chiqib ketishgandi. Ammo, ikkinchi bo‘limda “Buxoro” futbolchilari ustunlikni qo‘lga olib, Namangandan uch ochko bilan qaytishga erishishdi.

O‘yinni hujumkor ruhda boshlagan futbolchilarimiz debyutdayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo, raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Abdumalik Abdullaev imkoniyatdan foydalana olmadi. Aniqrog‘i Omonov mahorat ko‘rsatib, darvozasi daxlsizligini ta’minladi. Bunga buxoroliklar Chemirtanning zarbasi bilan javob qaytarishdi va bu safar Korniychuk to‘pga egalik qildi. Keyinchalik Mahmudov va Isoqjonovlarga ham gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada yakuniy zarbalar noaniq ko‘rinish olganligi sababli hisob ochilmadi. 35-daqiqada muxlislarimiz dastlabki golga guvoh bo‘lishdi. Akram Bahriddinov raqib himoyachilarin aldab o‘tgan holda jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza sari zarba yo‘lladi. Omonov to‘pni qaytarishga erishgan bo‘lsada Dilshod Jabborov takroriy zarba bilan darvozani nishonga oldi – 1:0. Oradan biroz vaqt o‘tgach Bahriddinov Isoqjonovga qulay vaziyat yaratib berdi.

Ammo, Isoqjonov yakuniy zarbani yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bo‘lim oxirlarida “Buxoro”da hisobni tenglashtirish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lgandi. Himoyachilarimiz to‘pni darvoza chizig‘idan qaytarib qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Birinchi bo‘lim yakunlangach, Isoqjonov va Pardaevlar kiyim almashtirish xonasiga kirib ketayotgan vaziyatda o‘zaro tortishib qolishgach, futbolchilar bir-birlari bilan o‘zaro hisob-kitob ishlariga kirishishdi. Buning oqibatida Namozov har ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini chetlatdi. Jamoamizdan Dilshod Jabborov, Qahramon Mahammadjonov mehmonlardan esa Shavkat Mullajonov va Bahodir Pardaevlar uchun uchrashuv barvaqt yakunlandi.

Etakchi futbolchilarimiz maydondan chetlatilgach, tanaffusdan keyin ustunlik “Buxoro” jamoasi tomoniga o‘tdi. Bunga mehmonlarning tarkibini mahoratli futbolchilardan tashkil topganligi sabab bo‘ldi. Shu sababli Mullajonov va Pardaevlarni maydonda yo‘qligi “Buxoro”ga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi. Natijada, mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshlarida hisobni tenglashtirishdi. 52-daqiqada Shavkat Salomovning to‘p oshirishidan keyin Ibragimov darvozani nishonga oldi. Uchrashuvning qolgan vaqti davomida buxoroliklarning bir qator hujumlari xavfli tus oldi.

Futbolchilarimiz Abdullaevni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishga intilishgan bo‘lsada, bundan hech naf chiqmadi. O‘yin yakunlanib borayotgan bir pallada, Salomov yana bir bor mehmonlar etakchisi ekanligini amalda isbotladi. Aynan Shavkatning chiroyli tarzda to‘p oshirishidan keyin Merzlyakov Korniychuk qo‘riqlayotgan darvozani ikkinchi bor nishonga olib, “Buxoro”ning g‘alabasini ta’minladi.

“Navbahor” – “Buxoro” -1:2 (1:0). 14 oktyabrSh. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
Hakamlar: B. Namozov – 8,4, R. Serazetdinov – 8,7, A. Kalilin – 8,7, A. Shukurullaev - 9.
Nazoratchi – A. Hotamov.
PFL vakili – V. Lyotkin.
“Navbahor”: 12. Aleksandr Korniychuk, 7. Akram Bahriddinov, 9. Dilshod Jabborov (S), 10. Alisher Mahmudov (27. Murod To‘ychiboev, 75), 21. A’zam Aliev, 24. Ilhom Boydedaev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 28. Islom Isoqjonov, 33. Tohir Shamsiddinov, 50. Abdumalik Abdullaev (19. Vladislav Aleksin, 90), 63. Dordji Sangadjiev (16. Shohjahon Abbosov, 86).
“Buxoro”: 30. Asilbek Omonov, 8. Salamat Quttiboev (7. Suhrob Ne’matov, 82), 10. Shavkat Salomov (S), 18. Bahodir Pardaev, 19. Jasur Hasanov (93. Maksimilian Fomin, 41), 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Shavkat Mullajonov, 61. Aziz Ibragimov, 70. Vadim Chemirtan (11. San’at Shixov, 78), 85. Ruslan Melziddinov, 87. Alisher Sanoev.
Gollar: D. Jabborov (35) – A. Ibragimov (51), A. Merzlyakov (89).
Ogohlantirishlar: A. Bahriddinov (90+1) – A. Ibragimov (36), M. Fomin (71).
Chetlatishlar: D. Jabborov (tanaffusda), Q. Mahammadjonov (tanaffusda) – B. Pardaev (tanaffusda), Sh. Mullajonov (tanaffusda).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar