Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Ognen Krasich: “Nasaf”da go‘yoki anchadan buyon o‘ynayotgandekman

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 30
Ognen Krasich: “Nasaf”da go‘yoki anchadan buyon o‘ynayotgandekman

“Nasaf” jamoasi davralar oralig‘ida o‘z tarkibida katta o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Juda qisqa vaqtda jamoaga taklif etilgan legioner futbolchilar jamoa uchun omadli bo‘ldi.

Serbiyalik legioner - Ognen Krasich ham “Nasaf”ning ikkinchi davra oldidan omadli xaridlaridan biri bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Biz ushbu legioner futbolchimiz bilan yaqinda suhbat o‘tkazdik.

Futbolchi haqida umumiy ma’lumotlar

Ismi sharifi: Ognen Krasich (Krasic Ognjen)

To‘g‘ilgan sanasi: 9 aprel 1988 yil (28 yosh)

Ampluasi: yarim himoyachi

Fuqoroligi: Serbiya Respublikasi

Raqami: 24

O‘ynagan klublari: Ognen Krasich faoliyatini 2006 yildan Serbiya Superligasining “Vojvodina” klubida boshlagan. So‘ng esa “Pdlic”, “Sloboda Tuzla”, “Proleter Novi Sad”, qozog‘istonning “Taraz”, “Tobol” jamoalarida o‘ynagan. Ognen Krasich so‘nggi payt serbiyaning “Vojdovats” klubida to‘p tepgan. U shuningdek mamlakat yoshlar terma jamoasi safida ham o‘ynagan. 2016 yil ikkinchi davradan “Nasaf” FK a’zosi.

Quyida Ognen Krasich bilan uyushtirgan suhbatimizni e’tiboringizga havola qilamiz.

-Ognen suhbatimiz boshida “Nasaf” jamoasiga qanday o‘tganingiz haqida so‘zlab bersangiz.

-“Nasaf” haqida avval batafsil ma’lumotga ega bo‘lmaganman. Menga agentim taklif haqida aytgach, “Nasaf” haqidagi ma’lumotlarni o‘rgandim. Jamoa haqida dastlabki taasurotga ega bo‘lishda menga Deyan Bolevich ham yordam bergan. O‘zimni qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lgach, taklifga rozi bo‘ldim.

-Shunday qilib, o‘z hayotingizda birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurdingiz. Dastlabki taasurotlar qanday bo‘ldi?

-O‘zingizga ma’lum, avval Qozog‘iston jamoalarida ham o‘ynaganman, mening bu erda moslashishim qiyin kechmadi. Bu ikki mamlakatning ob-havosi, madaniyati, yashash tarzi bir-biriga o‘xshab ketadi. Ammo bu erdagi odamlarning iliq istarasi, mehmondo‘stligi muhitga tezda moslashib ketishimga katta yordam berdi. Klubimiz mutasaddilariga qaysi vaqt murojaat qilmang, doimo yordam berishga tayyor turishadi – bunaqasini boshqa joyda uchratmaysan.

-Ognen biz bu erda turmush o‘rtog‘ingiz – Natashani ham siz bilan birga ko‘rdik. Bizning yurt unga ham yoqdimi?

-Ha, turmush o‘rtog‘im ham men bahona bu erga – O‘zbekistonga birinchi marta keldi. Bu erdagi hayotimni ko‘rib, ancha xotirjam bo‘ldi. Ayniqsa klubimiz rahbariyatining menga bo‘lgan munosabati va bizlarga ko‘rsatayotgan yordamlarini ko‘rib, boshi ko‘kka etdi. Yurtingiz unga ham juda yoqdi. Men unga Qarshi va Toshkent shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatishga ulgurdim. Afsuski, boshqa shaharlaringizni tomosha qildirishga vaqt etmadi. Natasha yurtimizga qaytib ketdi, chunki u uzoq vaqt ishini tashlab kela olmasdi. Nasib etsa, kelajakda albatta ko‘rsataman. U mendan, bu erga yana qachon olib kelishimni qayta-qayta so‘rab turibdi. Natasha shuningdek, o‘z maydonimizda bo‘lgan “Paxtakor”ga va “Buxoro”ga qarshi uchrashuvlarni ham tomosha qildi.

-“Buxoro”ga qarshi uchrashuvda juda zo‘r o‘ynading, demak...

- (Kulib) yo‘q, unday o‘ylamang, doimo shunday o‘ynashga harakat qilaman.

-Bizlarga oilangiz haqida ham so‘zlab bersangiz.

-Biz oilada ikki o‘g‘ilmiz. Akam NemanShya hozir Belgradda yashaydi. U mening bu erdagi faoliyatim bilan doimo qiziqib turadi. Bo‘layotgan o‘yinlarimizni internet orqali kuzatib boradi. Men unga bu erdagi taasurotlarim haqida so‘zlab berganimdan so‘ng, uning bu erga kelish ishtiyoqi oshib ketdi. Demak, akam ham yurtingizni tomosha qilishga yaqinda keladi. Otam 56 yoshda, hozir nafaqada. Nafaqaga chiqquncha qo‘rilishda ishlaganlar. Onam ham hozir uyda o‘tiradi, nafaqada, avval savdo sohasida ishlaganlar. Mening bu erdagi hayotimdan ular ham mamnun.

-Endi futbolga qanday kirib kelganingiz haqida gapirib bersangiz.

-Bolaligimdan hamma bolalar kabi vaqt bo‘lgandan to‘p tepishga oshiqqanman. Vaqt o‘tgan sayin tenqurlarim menga yaxshi o‘ynashimni ayta boshlashdi. O‘zimda ham futbolga bo‘lgan mehr oshib boraverdi. Oqibatda meni uydagilar Zrenyanin shahridagi futbol akademiyasiga olib borishdi. Ushbu futbol akademiyasi Serbiyada mashhur akademiya hisoblanadi. U erda men 17 yoshgacha ta’lim oldim. Futbol akademiyasida ta’lim olgan paytlarim mamlakatimizning o‘smirlar terma jamoasi safida ham o‘ynashga ulgurdim va Evropa miqiyosidagi futbol musobaqalarida ishtirok etdim. Keyin esa “Voyvodina” futbol klubida professional futbolchi sifatida faoliyatimni boshladim.

-Agar futbolchi bo‘lmaganingizda, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?

-To‘g‘risi, boshqa kasb haqida o‘ylamaganman ham. Futbol bu - mening hayotim. Hozir ham futboldan boshqa narsa haqida o‘ylamayman.

-Endi sizni “Nasaf” klubida qanday qabul qabul qilishgani haqida suhbatlashsak.

-To‘g‘risi, meni bu erda o‘zim kutmagandan ham ajoyib tarzda kutib olishdi. “Nasaf” klubining rahbari ham klub xodimlari ham o‘z ishlarini ustalari hisoblanisharkan. Har bir xodimning o‘z ishiga bo‘lgan munosabati meni lol qoldiradi. Hech kim ishini qo‘l uchida qilmaydi. Klubda kimga murojaat qilma, senga doimo yordam qilishga tayyor. Yuqorida aytib o‘tdim, turmush o‘rtog‘im ham bu muhitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi va xursand bo‘ldi. U bu erda ko‘rganlarini dugonalariga maqtashga ham ulgurdi. Men bu haqda yurtimizda ota-onamga ham hikoya qilib berdim. Ular ham juda xursand bo‘lishdi. Men bu erdagi munosabatni, muhitni boshqa joyda ko‘rgan emasman.

-Siz uchun bu erda hammasi yangilik hisoblanadi. Aytingchi, bizning taomlar sizga manzur bo‘ldimi?

-Ohh, bu erdagi taomlardan maza qilayapman. Ayniqsa o‘zbek palovi bu – super taom ekan. Qisqa vaqtda shu taomni juda yaxshi ko‘rib qoldim. Menga so‘zlab berishdi, sizlarda to‘yda va mehmon kutishganda doimo palov tayyorlanar ekan. Bu ajoyib. Keyin yana somsa, jiz va yana ko‘p taomlaringizni iste’mol qilayapman. Hammasi zo‘r, gap yo‘q. Klubimiz bazasida restoranimiz bor, hayotimda birinchi marta ushbu taomlarni shu erda tanavvul qildim. Bosh oshpazimiz Jamshidning tayyorlagan taomlari har doim mazali bo‘ladi. Bu oshpaz hoh milliy bo‘lsin, hoh evropacha bo‘lsin, barcha taomlarni maromiga etkazib tayyorlay olarkan. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy professional.

-Siz ko‘pgina klublarda o‘ynashga ulgurdingiz. Endi “Nasaf”da o‘ynayapsiz. Jamoadagi muhit haqida gaplashsak.

-Birdan aytaman, men o‘zimni “Nasaf”da go‘yoki ancha yillardan bo‘yon o‘ynayotgandek his qilayapman. Odatda yangi futbolchini jamoaga moslashishiga ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Menga bu erda vaqtni keragi bo‘lmadi. “Nasaf”da ajoyib futbolchilar to‘p tepishadi. Hamma bir-birini juda yaxshi tushunadi. Xuddiki bir oila farzandlaridek. Jamoadagi muhit kutganimdan ham zo‘r ekan. Jamoada bosh murabbiy Berdiev boshchiligidagi murabbiylarning olib borgan ishlari ko‘rinib turibdi. Bilasizmi? Bunday muhitni hukm so‘rishi futbolchi uchun juda muhim. “Nasaf”da jamoaviy o‘yin juda shakllangan ekan. Berdievning ajoyib jamoa tuzganligi ko‘rinib turibdi.

- “Nasaf”da ko‘pgina o‘yinlar o‘tkazishga ulgurdingiz, ushbu o‘tgan o‘yinlardagi raqiblar sizda qanday taasurot qoldirdi?

-Men ishtirok etgan o‘yinlarda nazarimda eng ko‘p vaziyatlarni yuzaga keltirgan bizning jamoa bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda, “Nasaf”ga nisbatan yaqqol ustun jamoani uchratmadim. Ammo menga oldinda bizni kuchli raqiblar kutib turishganini aytishayapti. Ana shu o‘yinlarni intizorlik bilan kutayapman. O‘ylaymanki, bo‘lajak o‘yinlarda bor mahoratimizni ishga solamiz va hozir “Nasaf” nimalarga qodir ekanligini isbot qilishga harakat qilamiz.

-Ognen, siz qizil kartochka olishga ham ulgurdingiz...

-Keyingi o‘yinlardagi raqiblarimizning ayrim futbolchilari feyr pleyga unchalik amal qilmasligiga guvoh bo‘ldim. To‘g‘ri, futbolda to‘p uchun kurashda follar bo‘lib turadi. Buni tushunaman. Ammo ataylab va to‘psiz hollarda ham qo‘pollik qilish, bu futbolchiga xos bo‘lmagan odat. Chunki men ham, boshqa futbolchi ham shu orqali ro‘zg‘orimizni tebratamiz. Olaylik, futbolchi bu orqali boshqa futbolchiga jiddiy shikast etkazib, nogiron qilib qo‘ysa nima bo‘ladi? Shu odamgarchilikdan bo‘ladimi? Menimcha yo‘q. Men bunday hollarda raqibimga tushuntirishga harakat qilaman. Bu futbolgina xolos. O‘yin tugaydi. Hammasi ortda qoladi. Ammo “Buxoro” jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zimni idora qila olmay qoldim. Nima qilib qo‘yganimni darrov payqadim va juda afsuslandim. Chunki jamoamni og‘ir ahvolga solib qo‘ygandim. Bunday holat yana takrorlanmasligiga astoydil harakat qilaman. Murabbiyimiz ham bu haqda menga tanbeh berdi, fitnalarga uchmasligimni tayinladi.

-Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

-Avvalo “Nasaf”ga, jamoamning taqdiri bu - mening taqdirim.

-Bu albatta yaxshi, ammo...

-Ha, men yoqtiradigan yana bir jamoa bu – Marselning “Olimpik” jamoasi. Yoshligimdan ushbu jamoaning o‘yinlarini kuzatib kelaman.

-Bu klub sizga nimasi bilan qiziq?

-Bu klubda bir hujumchi bo‘lgan. Uning ismi NShyang (Mamadu NShyang - izoh muallifniki). Bu futbolchi meni o‘z o‘yinlari bilan sehrlab qo‘ygan. To‘g‘risi, aksar paytlari uning harakatlarini o‘zlashtirish uchun mashqlar ham qilganman.

-Mavsum ham oxirlab borayapti, siz keyin ham “Nasaf”da qolasizmi?

-Agar menga shunday taklif bo‘lsa, yo‘q demasdim. Chunki meni bu erda hamma narsa qoniqtiradi. Yuqorida aytib o‘tdim, bu klubdagi sharoitlar va munosabatlar nafaqat menga, balki turmush o‘rtog‘imga ham manzur bo‘ldi.

-Klubimiz muxlislari haqida taasurotlaringiz va ularga tilaklaringiz...

-Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Bu ibora hammaga tanish. Agar stadionga qanchalik ko‘p muxlis tashrif buyursa, ishoning bu holat futbolchi uchun juda yoqimli. Shaxsan o‘zim o‘yindan oldin stadionga tashrif buyurganimda qancha muxlis kelganiga e’tibor beraman. Agar stadionda muxlis ko‘p bo‘lsa, o‘z-o‘zidan kuchimga kuch qo‘shiladi. Guvohi bo‘ldimki, “Nasaf”ning muxlislari ham o‘z jamoasini juda yaxshi ko‘rishadi va har bir o‘yinimizga ular juda ko‘pchilik bo‘lib tashrif buyurishayapti. Menimcha, bizning o‘yinimiz ularga manzur bo‘lmoqda. Dkmak, biz bor imkonimizni ishga solib, ularni chiroyli o‘yinlarimiz va g‘alabalarimiz bilan xursand qilishimiz kerak. Klubimizning hamma muxlislariga avvalo sog‘lik tilayman. Barchalariga mening minnatdorchiligimni etkazib qo‘ying. “Nasaf”ning yutuqlari uchun bor mahoratimni ishga solaveraman.

Suhbatni Renat Ernazarov olib bordi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar