Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

“Navbahor” – “Buxoro” (1:2) o‘yinidan keyingi matbuot anjumani

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 27
“Navbahor” – “Buxoro” (1:2) o‘yinidan keyingi matbuot anjumani

“Navbahor” – “Buxoro” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov va “Navbahor” bosh murabbiyi Rustam Do‘rmonovlar ishtirok etishdi.

J.Saidov: O‘yinni qay tarzda o‘tganligiga o‘zinglar guvohi bo‘ldinglar. Birinchi bo‘limda qator xatolarga yo‘l qo‘yganligimiz sababli imkoniyatni boy berayotgandik. Qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Yigitlarga qo‘lga kiritilgan yutuq uchun rahmat aytaman. Bundan tashqari olis masofali yo‘lni bosib o‘tib, Namanganga etib kelgan buxoroliklar muxlislarga ham minnatdorchilik bildirib o‘taman. Tanaffus paytida har ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini chetlatilishi o‘yinni borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bunday sharoitda jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lish va to‘pni yaxshi nazorat qilish talab etilardi. Bu borada ustunlikka erishib, ikkita gol urib bahsni o‘z foydamizga hal qildik.

R.Do‘rmonov: Uchrashuvni birinchi bo‘limini yaxshi o‘tkazdik. Buning samarasi o‘laroq hisobni ochishga ham erishdik. Tanaffus paytida har ikki jamoadan ikki nafardan futbolchini maydondan chetlatilishi yakuniy natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Buxoroliklar safida qizil kartochka olgan futbolchilarni o‘rni u qadar bilinmagan bo‘lishi mumkin. Negaki, ularda bir xil kuchga ega bo‘lgan futbolchilarning soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Bizdan qizil kartochka olgan Qahramon Mahammadjonov va Dilshod Jabborovlar jamoamizda etakchi sanalishadi. Aynan ularning maydonda yo‘qligi ikkinchi bo‘limda jamoamiz zarariga ishladi. Jamoada futbolchilarni almashtirish borasidagi qarorlarni jamoa bosh menedjeri Ravshan Bozorov mas’ul sanaladi. Abdumalik Abdullaev biroz toliqib qolganligi sababli uning o‘rniga Vladislav Aleksinni maydonga tushirgandik. Ushbu o‘yinda Aleksindan ko‘p narsani kutganidek. Lekin, u o‘yinga kirishib keta olmadi. Usmon Asqaraliev jamoa murabbiylar shtabida ishlamoqda. Ushbu mutaxassis maxsus litsenziyaga ega bo‘lmaganligi sababli zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish imkoniga ega emas.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar