Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

“Nasaf” yoshlari safarda yosh “qaldirg‘ochlar”ni taslim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 27
“Nasaf” yoshlari safarda yosh “qaldirg‘ochlar”ni taslim etdi

Bugun “Nasaf” yoshlari 25-tur doirasida “Bunyodkor” yoshlari bilan bahs olib borishdi. Uchrashuv kutilganidan ham qiziqarli va murosasiz kechdi.

Dastlabki daqiqalaridan tashabbusni o‘z qo‘llariga olishgan yoshlarimiz, biroz vaqtdan so‘ng maydon egalarining katta qarshiligiga duch kelishdi.

Ammo bugun Zafar Xolmurodov shogirdlari o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgani va faqat g‘alaba uchun maydonga tushganini ko‘rsatdi.

Uchrashuvdagi hisob yoshlarimiz tomonidan 12-daqiqa ochildi. Golni keyingi paytlarda o‘zining golurarligi bilan muxlislar e’tiboriga tushayotgan Islom Kenjaboev kiritdi -0:1.

Ushbu golga “Bunyodkor” yoshlari tomonidan o‘yinning 19-daqiqasida javob qaytarildi. Golga 44-raqamdagi Nuriddin Hasanov mualliflik qildi- 1:1.

Birinchi bo‘lim yakunlanib borayotgan bir paytda yoshlarimiz tomonidan tashkil etilgan yana bir tezkor hujum gol bilan nihoyasiga etdi. Golni Abdulaziz Nishonboev kiritishga muvaffaq bo‘ldi – 1:2.

Jamoalar ushub hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham juda qiziqarli o‘tdi. Yoshlarimiz yana hujumlarga zo‘r berishdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida “Bunyodkor” yoshlari o‘yinchisi Shahzod Abdurahimov to‘pni darvoza oldida qaytaraman deb, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi - 1:3.

Bu hisob bilan ham qanoatlanmagan yoshlarimiz imkon paydo bo‘ldi deguncha, yana oldinga tashlanishdi. 61-daqiqa kelib oradagi hisob 1:4ga o‘zgardi. Jamoamizning uchrashuvdagi to‘rtinchi goliga Dilshod Xushbakov muallif bo‘ldi – 1:4.

Uchrashuvning 73-daqiqasiga kelib maydon egalari ham gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu golni ham yana Nuriddin Hasanov kiritdi – 2:4.

Albatta bunday hisob, yoshlar turnirida peshqadamlik qilayotgan maydon egalarini aslo qoniqtirmasdi. Ular ham hisobni yana qisqartirish uchun bor kuchlarini ishga solishdi. Ularning shunday hujumlarining birida uchrashuv hakami jarima maydonimizda o‘yin qoidasi bo‘zilganini va ularga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi. Ammo bu imkoniyatdan ular foydalana olishmadi. Elbek Ravshanov penaltidan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Uning tepgan to‘pi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

Uchrashuv ana shu hisobda nihoyasiga etdi. Shunday qilib, bu yilgi mavsumda mag‘lubiyat nimaligini bilmay, turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan “Bunyodkor” yoshlari ilk mag‘lubiyatni “Nasaf” yoshlaridan qabul qilib olishdi.

Bu g‘alaba Zafar Xolmurodov uchun o‘z shogirdlaridan ertaga nishonlaydigan tug‘ilgan kuni uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Endi yoshlarimiz navbatdagi turda Namanganning “Navbahor” jamoasi yoshlarini qabul qiladi. Uchrashuv 21 oktyabrSh kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar ligasi, 25-tur. 14.10.2016

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 2:4 (1:2)

“Bunyodkor” FA maydoni. Soat 16:00da

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Nikita Afinagenov, Xusniddin Bahodirov, Server Ermeev.

Nazoratchi: Rashid Aytekov.

Gol: Nuriddin Hasanov, 19’-1:1, 73’-2:4 - Islom Kenjaboev, 12’-0:1, Abdulaziz Nishonboev, 45’-1:2, Shahzod Abdurahimov (avtogol), 55’-1:3, Dilshod Xushbakov, 61’-1:4.

Amalga oshirilmagan penalti: Elbek Ravshanov 82.

“Bunyodkor”: 35.Abdukarim Muhammedov, 7.Nodirbek Mavlonov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 15.Davronbek Umirov, 16.Shaxzod Abdurahimov, 17.Azamat Roziqov, 27.Georgiy Pogosov, 34.Xayrullo Karimov, 40.Suxrob Izzatov, 44.Nuriddin Hasanov, 77.Elbek Ravshanov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 6.Sardor Madrahimov, 10.Javohir Musajonov, 18.Burxon Usmonov, 33.Abdulloh Islomov, 39.Baxtiyor Sodiq-Oxunov, 48.Abbosbek Jumaqulov.

“Nasaf”: 44.Muzaffar Shukurov, 4.Akmaljon Olimov, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Dilshod Xushbakov, 10.Islom Rashidxonov (19.Navro‘zjon Izatillaev 68, 16.Sherzod Nasrullaev 85), 22.Islom Kenjaboev, 28.Sardor Sa’dullaev, 29.Sirojiddin Qo‘ziev, 32.Abdulaziz Nishonboev, 38.Jahongir Qurbonboev (14.Amir Hoshimov 66), 41.Najmiddin Normurodov.

Zaxira: 12.Amirbek Lutfuddaev, 23.Samandar Shukrullaev, 34.Abbos Baxshillaev, 43.Alfayzi Ne’matov.

Ogohlantirish: Georgiy Pogosov 39 – Sardor Sa’dullaev 39, Abdulaziz Nishonboev 79.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar