Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Uli Shtilike: «Meni iste’foga chiqarib nimaga erishmoqchisizlar?»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 20
Uli Shtilike: «Meni iste’foga chiqarib nimaga erishmoqchisizlar?»

Kecha Janubiy Koreya terma jamoasi Eron safaridan qaytib kelgach, mahalliy jurnalistlar terma jamoa bosh murabbiyi Uli Shitilike bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lishdi. Uli Shtilike Erondan 8 nafar futbolchi bilan qaytdi. Legioner futbolchilarning barchasi Erondan o‘z jamoalariga yo‘l olishdi.
Yaqin-yaqingacha Koreya matbuotida “Uli Shintilike” (“Shin” so‘zi koreys tilida “Xudo” ma’nosini bildiradi) deb ko‘klarga ko‘tarilgan germaniyalik mutaxassisning kursisi qimirlab qolganligi koreys nashrlaridagi chiqishlardan ma’lum.

“Meni iste’foga chiqarishsa “Omadim kelmadi-da”, deb indamay ketaveraman. Ammo mening ketishimdan koreys futboli nima yutishi muhim. Xo‘sh, nimaga erishasizlar? So‘nggi 12 yil ichida Janubiy Koreya terma jamoasini nechta murabbiy boshqarganligini bilasizmi? 10 nafar! Ular o‘rtacha 15 oydan faoliyat ko‘rsatishgan. Bu terma jamoa o‘yini va Key-liga rivojiga albatta ta’sir ko‘rsatadi”, - deya o‘ziga otilayotgan tanqid toshlariga javoban keskin fikrlar bildirdi Uli Shtilike.

O‘zbekistonga qarshi o‘yingacha jamoa o‘yinida qanday o‘zgarishlar qilmoqchiligi haqidagi savolga nemis murabbiy shunday javob berdi:

"O‘yinchilar borasida tanlovimni tugatganman. Qo‘l ostimda borlari meni qoniqtiradi. Jamoamda islohotga muhtoj 2 ta narsa bor. Birinchisi, hujumda o‘zaro tushunib harakat qilish va natija ko‘rsatish. Ikkinchisi, to‘pni egallaganda butun jamoa yuqori faollik ko‘rsatishi. Mana shu jihatlarga e’tibor bersak hammasi yaxshi bo‘ladi. Yomon natija bilan qaytayotganligimizdan yuragim siqilayapti. Xatolarni tuzatish ustida ishlashimiz kerak”, - deya gapini tugalladi Uli Shtilike.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi qariyb 42 yildan buyon Eronga “Ozodiy” stadionida mag‘lub bo‘lib, qora an’ana davom etmoqda.

Koreys nashrlari ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar