Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Pike qo‘shiqchi Shakira bilan Waka Waka klipi suratga olinayotganida tanishgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52
Pike qo‘shiqchi Shakira bilan Waka Waka klipi suratga olinayotganida tanishgan

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike qo‘shiqchi Shakira bilan qanday tanishgani haqida hikoya qildi, deb yozdi «Chempionat».

«JCh—2010 uchun Madridda suratga olinayotgan Waka Waka klipi jarayonida Shakirani ilk bor uchratdim. Keyinroq undan telefon raqamini so‘radim, — deb gap boshladi Pike. — U JARga Ispaniya terma jamoasidan oldinroq jo‘nab ketdi. Chunki uning ochilish marosimida ishlashi kerak edi».

«Bir necha kundan keyin JARga biz ham etib kelishimizni hisobga olib, undan mahalliy ob-havo haqida so‘rab, sms yozdim. Oddiy savol bu. Odatda unga qisqa javob beriladi. Lekin Shakira menga uzundan-uzoq javob yozdi. Temperatura kun davomida qanday o‘zgarishi ham e’tibordan chetda qolib ketmadi. Bu esa menga shunchaki emasdek tuyuldi».

«Biz mundial davomida gaplashib turdik. Biroq turnir davomida u bilan ko‘risha olmadim. Musobaqa yakunida ko‘rishish yana nasib qildi. Avvalroq unga ko‘rishish uchun finalga qadar etib borish lozim bo‘lsa, men bu ishni qilishim haqida aytgandim», — deb so‘zladi Pike TV3 kanali uchun.

Ispaniya terma jamoasi Jahon Chempionati finalida Gollandiyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Pikega esa Shakira nasib qildi. Ayni vaqtda bu juftlikning ikki qiz farzandi bor.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar