Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati OAV vakillarini hamkorlikka chorlaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 16
“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati OAV vakillarini hamkorlikka chorlaydi

Hozirda barchamiz global axborot zamonida yashamoqdamiz. Bugungi kunda turli xil ma’lumotlarning tarqalish tezligi juda tez. Ular ichida yaxshi va ijobiy bo‘lmaganlari mavjud ekani esa siz-u bizni ogoh bo‘lishga da’vat etadi.

Ayni paytda “Lokomotiv” mamlakat chempionligi hamda kubogini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Klub raxbariyati barcha jabhada ishni professional tarzda yo‘lga qo‘yishga intilinmoqda.

Shu munosabat bilan “Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati turli OAV vakillari, gazeta, sayt, radio hamda televidenie sohasida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarni bevosita hamkorlikka chorlashini ma’lum qiladi. Agar sizning nashringiz jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarini yoritib bormoqchi bo‘lsa, “Lokomotiv” jamoasi mashg‘ulotini kuzatish yoxud biror bir o‘yinchimiz bilan suhbat uyushtirish niyatida bo‘lsangiz – “Lokomotiv” matbuot xizmatiga bemalol murojaat qilishingiz mumkin. Ayniqsa, futbolchilar bilan intervShyu uyushtirish borasida kelgan hech bir so‘rovni javobsiz qoldirmaslikka harakat qilamiz. Bunday qilishdan maqsad esa – kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir tushunmovchiliklarni oldini olishdir.

Umid qilamizki, “Lokomotiv” ishtirokidagi o‘yinlarni yoritish uchun tashrif buyuradigan har bir jurnalist stadionimizdan mamnun holda ketadi. Biz siz bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz!

Murojaat uchun telefon: +998712862412

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar