Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Chipta savdosidan kim manfaatdor?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 26
Chipta savdosidan kim manfaatdor?

Payshanba kuni O‘zbekiston – Eron uchrashuvi va uning atrofidagi voqealarni nashrimizda yoritish uchun ertalab «Ulug‘bek» avtoshohbekatidan Samarqanddan Toshkentga yo‘l olarkanman, u erda poytaxt sari otlanayotgan bir guruh futbol ishqibozlarini uchratdim. Mamlakatimiz bayrog‘ini qo‘ltiqlab olgan ishqibozlar bilan suhbatga kirisharkanman, ularni ikki narsa qiziqtirardi: «Kassada chipta bormikan? Ishqilib yutamizmi?»

Chindanam, ushbu savollar birgina samarqandlik muxlislar emas, shu kuni viloyatlardan poytaxtga O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘l olayotgan minglab ishqibozlarni o‘ylantirayotgan va qiziqtirayotgan masala edi.

Muxlislarning ikkinchi savoliga javob berish uchun o‘yin yakunlanishini kutish kerak bo‘lsa, birinchi savolga javobni izlash uchun 18:00 da boshlanadigan o‘yinga qoq peshindayoq etib bordim.

ChIPTA BOZORI

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon Chempionati uchinchi saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlari kuni «Bunyodkor» stadioni oldida chipta bozori paydo bo‘lishi bugunning yoki kechaning gapi emas, 2013 yilda paydo bo‘lgan muammodir. Eron bilan bahs oldidan ham odatdagidek, 6-7 soat oldin stadioning «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati yonida tumonat odam yig‘ilgan, 20-30 nafarga yaqin chayqovchilar tobora ko‘payayotgan xaridorlarga chiptalarni o‘z narxidan 2-3 marta qimmat narxlarda pullash bilan ovora edi. Uzoq viloyatdan katta xarajat qilib, narxi osmon chiptalarni chetlab, o‘yingoh kassasi oldiga borgan muxlis qarshisida «Kassa yopiq, chipta yo‘q» yozuviga ko‘zi tushardi.

«KASSADA ChIPTA YO‘Q, ChAYQOVChILARDA DASTALAB ChIPTA BOR»

Voqeani zimdan kuzatarkanman, stadion atrofidagi terma jamoamiz muxlislarining bu boradagi fikrlari bilan qiziqdim.

«Terma jamoamizning muhim uchrashuvini tomosha qilish bahonasida dushanba kunidan Toshkentda mehmonman» — deydi farg‘onalik otaxon Abdulla hoji Po‘latov.

«Stadion kassalarida chipta sotuvi 3 oktyabrSh, dushanba kuni boshlandi. Kassa 3-4 soat davomida faoliyat yuritib, har bir kishiga 3-4 tadan ortiq chipta sotilmadi. Uzoq navbatda kutib ham chiptani o‘z narxi 25 mingdan sotib ololmadik. Kassaga borganimizda esa, chipta umuman qolmaganligini aytishdi. Chayqovchilarni qo‘lida esa, dastalab chiptalar bor. Mana bugun ko‘rib turganingizdek, chiptani 65 mingdan sotib olishga majbur bo‘ldik» — deydi terma jamoamizning faxriy muxlisi.

Chipta savdosidan kim manfaatdor?

JAVOBI YO‘Q SAVOLLAR

Shu kuni mikrafonni qaysi muxlisga yo‘naltirmang, barchasidan chipta muammosiga bog‘liq javobni eshitishimiz aniq edi. Beixtiyor savol tug‘iladi, bir necha yildan buyon hal bo‘lmayotgan muammodan kim manfaatdor? Chiptalar masalasi bilan shug‘ullanadigan O‘FF qoshidagi «Terma jamoalar markazi»mi yoki ularni sotish bilan shug‘ullanadigan «Bunyodkor» stadioni kassasidagilarmi? Nega stadion atrofida chiptalar sotuvi uchun rasmiy kassalar tashkil etilgan-u, ular faqat bir kun va o‘shanda ham 4-5 soat faoliyat olib borishi kerak? Axir, muhtasham stadionimiz va kassalar xalqqa xizmat qilishi uchun barpo etilmaganmidi?

Deylik, 34 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan stadiondagi o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarning 4 mingtasi homiy va tashkilotlar uchun ajratilsin, mayli stadion kassalari yarim kun ichida 10-15 ming dona chiptani o‘z narxida sotgan deb hisoblaymiz. Qolgan chiptalar qanday qilib «olib-sotar»lar qo‘liga tushmoqda? Nega muxlislar 25 ming so‘mlik chiptani 60 ming so‘mga sotib olishi kerak? O‘yingoh atrofida o‘zi pishirib kelgan somsani ming so‘mdan sotish ilinjidagi somsapazni quvishni bilamiz-u, qo‘lidagi «pachkalab» chiptalarga qo‘shib, vijdonni ham pullayotgan noqonuniy chiptafurushlar bilan ishimiz yo‘q. Minglab muxlislarni qiynayotgan va echimini kutayotgan bu muammoni kim o‘z nazoratiga oladi?

ESKI MUAMMONING YaNGI EChIMI

Aslida ushbu masalaga jiddiy yondashilsa, muammoning echimi uchun Amerikani kashf etish shart emas. Chipta savdosiga javobgar shaxslar tashqarida XXI-asr hukm surayotganligini tushunib olishsa, kifoya. Chiptani «ur-to‘palon»da sotishdan ko‘ra, zamonaviy usul — internet orqali erkin savdoga chiqarish eng qulay va oson yo‘l. Bugungi kunda Evropa va Osiyoning bir qator federatsiyalari, FIFA va OFK ham katta turnirlarga chiptalarni aynan shu yo‘l orqali sotishga o‘tgan. Xaridor ham uydan chiqmay, chipta egasiga aylanishi mumkin. Yana bir yo‘li, chiptani «Klik» onlayn-to‘lovi orqali sotish. «Uzcard» tizimiga ulangan plastik kartochka egalari chiptani muammosiz xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lardilar. Shuningdek, har bir viloyatimizda O‘FFning hududiy federatsiyalari muntazam faoliyat olib boradi. Chiptalarni O‘FFning ushbu «filial»lari orqali ham o‘z narxida muxlislarga sotish, o‘sha erlik muxlis uchun yaratilgan oliy xizmat bo‘lardi.

Aslida, asosiy maqsad O‘zbekiston – Eron uchrashuvi haqida tahliliy maqola yozish, o‘yindan keyin futbolchilardan intervShyu olish edi. O‘sha kuni o‘yinimizda har qancha muammo ko‘rgan bo‘lsamda, aslida o‘yin atrofi va tashqarisidagi «o‘yin» undanda kattaroq muammo edi. Javobgar mutasaddilar buni tanqid o‘rnida emas, ularga tutilgan ko‘zgu sifatida qabul qilsalar, bas. Oynada o‘zlarini ko‘rgach, kamchiliklarni bartaraf etishlaridan umidvormiz, xolos. Istagimiz shu.

Usmon IBODOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar