Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 22
Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912"

Bugun oliy liganing 25-tur uchrashuvlariga start beriladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi.

Oliy liga. 25-tur.
LOKOMOTIV - QO‘QON-1912
16:00. "Lokomotiv" stadioni
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziev
Turnir jadvalidagi o‘rni: "Lokomotiv" 1-o‘rinda (56 ochko), "Qo‘qon-1912" 15-o‘rinda (18 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 38 ochko.

Ta’rif: Chempionlik uchun kurashayotgan va oliy ligada qolishga harakat qilayotgan jamoalarning o‘zaro bahsi. Bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Negaki "Lokomotiv" avvalgi ikki turda g‘alaba qozona olmadi. Jamoa "Obod" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi.

Shunday ekan, bugun "temiryo‘lchilar"ni g‘alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. O‘z navbatida "Qo‘qon-1912"ga ham ochko juda zarur. Chunki qo‘qonliklarni oxirgi o‘rinda borayotgan "Andijon" bilan atigi ikki ochko ajratib turibdi. Shu bois oliy ligada jon saqlab qolish uchun ular ham oxirigacha kurash olib borishadi.

Fakt: "Lokomotiv" ikkinchi davra boshlanganidan beri o‘z uyida beshta uchrashuv o‘tkazib, shundan to‘rttasida g‘olib bo‘ldi. Jamoa faqat "Obod" bilan durang qayd etdi. "Lokomotiv" o‘z uyidagi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi. "Temiryo‘lchilar" hisobida 33ta gol bor.

Fakt: "Qo‘qon-1912" hozircha ikkinchi davrada beshta o‘yinni safarda o‘tkazib, shundan bittasida g‘alabaga erishgan. Bir bor durang o‘ynagan bo‘lsa, uch marta mag‘lub bo‘lgan. Umuman olganda qo‘qonliklar mavsum boshidan beri safarda bir marta g‘alaba nashidasini surishgan. Jamoa "Andijon"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan.

Fakt: Qo‘qon shahrida kechgan birinchi davra o‘yinida "temiryo‘lchilar" 3:1 hisobida zafar quchishgandi. Maydon egalari tarkibida Orif Mamajonov to‘p kiritgan bo‘lsa, mehmonlar safida Kaxi Maxaradze, Sardor Mirzaev va Oleg Zoteev gol muallifi bo‘lishgan. O‘tgan yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda ham "Lokomotiv" bu raqibini mag‘lub etgan. O‘yinda 1:0 hisobi qayd etilgan va yagona gol Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar