Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

«Barselona» — «Man. Siti», «Liverpul» — «MYu» va haftaning yana 3 to‘qnashuvi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 68
«Barselona» — «Man. Siti», «Liverpul» — «MYu» va haftaning yana 3 to‘qnashuvi

«Erudit Sport» nashri quyida tseziy, saxaroza, qo‘rg‘oshin, alyuminiy va oltinni eritishga qodir haroratdagi besh to‘qnashuvni tomosha qilishni tavsiya etadi:

+28,64◦S match: “Atletik” Bilbao – “Real SosShedad” (16 oktyabr)

(Tseziy moddasi eriydi)

O‘zaro uchrashuvlar:

56 G‘ALABA 36 DURANG 46 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Atletik” Bilbao – “Real SosShedad” 0:0 va 0:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Atletik” Bilbao – “Real SosShedad”

134 million evro VS 116 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

San-sebastShyan hamda Bilbao klublari o‘rtasidagi “Bask derbisi” o‘ta printsipial jamoalar bahsi ekanligi bilan ajralib turadi. So‘nggi besh matchning to‘rttasida tomonlar murosa yo‘lini tanlagani so‘zimizni tasdiqlaydi. E’tiborlisi, keyingi sakkiz o‘yinda “Real SosShedad”ning “pichog‘i yog‘ning ustida” bo‘lgan. Boshqacha aytganda, maydon egalari besh mavsumdan beri uch ochko nimaligini bilmaydi. Shunday ekan, “Atletik”ka raqibining barqaror o‘yin ko‘rsatmayotgani (bir g‘alaba qozonadi, bir yutqazadi) qo‘l kelishi kerak. Bir vaqtning o‘zida har ikki klub himoya chizig‘ida muammolar ko‘zga tashlanyapti: darvoza daxlsizligini saqlay olmayapti. Xo‘sh, to‘pni maydon markazida ushlab turishni (45 foiz) xush ko‘ruvchi “Atletik”ning “oshig‘i olchi” bo‘ladimi yoki ochiq futbol namoyish etish tarafdori “Real SosShedad”ning?

+185◦S match: “Napoli” – “Roma” (16 oktyabr)

(Saxaroza moddasi eriydi)

O‘zaro uchrashuvlar:

41 G‘ALABA 51 DURANG 50 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Napoli” – “Roma” 0:0 va 0:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Napoli” – “Roma”

293,15 million evro VS 276,30 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Raqiblar maydonida “og‘zidagi oshini oldirib” qo‘yadigan (sakkiz ochko boy berildi) odat chiqargan “Bo‘rilar” muxlislar ko‘z o‘ngida hech kimga “non qoldirmayotgan” “Napoli”ga qarshi bahsga kirishadi. “Roma”ning uyga “quruq qo‘l” bilan qaytishi oxir-oqibat bosh murabbiyning “pattasi” qo‘liga tutqazilishiga sabab bo‘lishi hech gap emas. O‘z navbatida, karvonboshi “Yuventus”ni quvishda davom etayotgan neapolliklar ham “tish tirnog‘i bilan kurashadi”. Qiziqarli tomoni, to‘rt mavsumdirki, qarama-qarshilik ishtirokchilari o‘z maydonida g‘alabani tantana qiladi. Demak, “Bo‘rilar”ning “ovi” baroridan kelsa, yuqoridagi an’anaga chek qo‘yib, turnir jadvalida raqibidan o‘zib ketadi. Qisqacha aytganda, to‘p nazorati hamda uzatmalarning aniqligi bo‘yicha A Seriyaning oldi jamoasi (“Napoli”) va chempionatda raqiblar darvozasiga zarba yo‘llashda etakchi (“Roma”) klubning kurashi tomoshabop o‘tishiga shubha yo‘q.

+327,5◦S match: “Chelsi” – “Lester Siti” (16 oktyabr)

(Qo‘rg‘oshin moddasi eriydi)

O‘zaro uchrashuvlar:

35 G‘ALABA 23 DURANG 18 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Chelsi” – “Lester Siti” 1:2 va 1:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Chelsi” – “Lester Siti”

507,80 million evro VS 210,50 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

To‘g‘risini aytganda, “Lester” ertagi” asta-sekin nihoyasiga etib borayotganga o‘xshaydi. Yo‘qsa, joriy mavsumda “Tulkilar” mehmonda eng kam ochko to‘plagan jamoaga aylanmasdi. Ha, Klaudio RanSheri shogirdlari raqiblar maydonida faqat mag‘lubiyatga uchrayapti. Ustiga-ustak, mehmonda eng yomon himoyaga ega jamoa ham aynan “Lester” (o‘nta to‘p o‘tkazib yuborgan). Shuning uchun italiyalik mutaxassis ertakka nuqta qo‘ymaganini namoyish etish uchun vaziyatni o‘nglashga intiladi. Xabaringiz bor, Tumanli o‘lkadagi ilk Konte-RanSheri “dueli” “Chelsi” ustozining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Tulkilar to‘dasi”ni boshqarayotgan mutaxassis bu faktni ham unutmagan, albatta, revansh orqali munosabatlarga oydinlik kiritadi. Xullas, bir matchda raqib darvozasi tomoni o‘rtacha 3,6 zarba yo‘llayotgan “Lester” bu yumushni har bahsda 6 marta amalga oshirayotgan “Chelsi”ning asabini egovlashga urinadi.

+660,1◦S match: “Liverpul” – “Manchester Yunayted” (17 oktyabr)

(Alyuminiy moddasi eriydi)

O‘zaro uchrashuvlar:

54 G‘ALABA 44 DURANG 65 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Liverpul” – “Manchester Yunayted” 1:3 va 0:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Liverpul” – “Manchester Yunayted”

387,20 million evro VS 534,25 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Sarhisoblarga qaraganda, MourinSho chempionatni ustozi Lui van Gaaldan ham yomonroq boshladi. Bilasiz, Joze janoblari uni o‘zgalar bilan solishtirishlarini jini suymaydi. Boshqa tomondan, oxirgi besh o‘yinning to‘rttasida “Mankunianlar”ning qo‘li baland kelgan. Ya’ni, “Yunayted”ning “planka”si yuqori. Shunchaki mag‘lubiyatga uchrashga haqqi yo‘q. Maydon egalarining g‘alabaga tashnalagi ham bor gap. Yurgen Klopp shogirdlari yuz yillik rekordni yangilagan bir paytda to‘rt o‘yinlik mag‘lubiyat seriyasiga chek qo‘yish nima bo‘libdi? Mazkur muammo MourinShoni ham qiynayapti: axir van Gaal eplagan ishni uddasidan chiqmasa uyat-ku. Yana bir tarafda – mehmonlar turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilashi ko‘zda tutilyapti. Payqaganingizdek, bahsning haroratga boy bo‘lishini tasdiqlovchi faktlar etarlicha.

+1063◦S match: “Barselona” – “Manchester Siti” (19 oktyabr)

(Oltin moddasi eriydi)

O‘zaro uchrashuvlar:

4 G‘ALABA 0 DURANG 0 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Barselona” – “Manchester Siti” 2:1 va 1:0

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Barselona” – “Manchester Siti”

756,50 million evro VS 518 million evro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Ispan murabbiyi Gvardiola yana sobiq jamoasiga qarshi! Ingliz jamoasi “Siti” yana “Barsa” “to‘sig‘idan” o‘tishi zarur! Shu paytgacha na “Shaharliklar”, na uning murabbiyi kataloniyaliklar ustidan ustunlikka erishmagan. Biroq Enrike boshqaruvidagi jamoa ham hozircha optimal formaga kirib ulgurmagan. Mabodo maydon egalari “Selta”ga qarshi matchda yo‘l qo‘ygan xatoliklarni takrorlasa, qiyin ahvol tushishi muqarrar. Chunki “Manchester Siti” “sovg‘a”dan voz kechadigan klub emas. Ingliz jamoasida “Barsa”ni bir yoqlik qilish tajribasiga ega “qassob” Nolitoning ishtiroki ham ahamiyatlidir. U aynan Luis Enrikega qarshi o‘yinda “Siti”ning “suv va havosi”ga aylanishi ehtimoli yuqori. Bir maqsad yo‘lida harakatlanayotgan jamoalar o‘zaro uchrashuvlarda masalaga oydinlik kiritishi tabiiy. Shu sababli, bellashuv kuni “Kamp Nou”da oltinni eritib yuborishga qodir harorat kuzatilishi mumkin.

Ulug‘bek RAHMONQULOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar