Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Akmal Bozorov: "Dinamo" Oliy ligaga chiqdi, deyishga hali erta"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 22
Akmal Bozorov: "Dinamo" Oliy ligaga chiqdi, deyishga hali erta"

«Dinamo» - «Orol» (6:1) uchrashuvida o‘yinning eng faol o‘yinchilaridan biri bo‘lgan samarqandliklar sardori Akmal Bozorov himoyachi bo‘lishiga qaramay, shu kuni hujumkor to‘p surib, ajoyib golga mualliflik qildi.

Akmal Bozorov: "Dinamo" Oliy ligaga chiqdi, deyishga hali erta"

O‘yindan keyin jamoa sardori klub rasmiy saytiga o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Orol» jamoasi so‘nggi ikki o‘yinda raqiblar darvozasiga 14 ta gol urganidan xabarimiz bor edi. Bu raqibga qarshi himoyada ishonchli o‘ynab, hujumda samaraliroq to‘p surishimiz talab etilardi. O‘ylaymanki, o‘yinda kiritgan tezkor golimiz yirik hisobdagi g‘alabamiz uchun katta yordam berdi» - deya gap boshladi Akmal Bozorov.

- 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinni «Dinamo»ning joriy yildagi eng chiroyli o‘yini desa bo‘ladimi?

- Butun jamoamiz murabbiylar ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarishga intildi. Chindanam eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Qolgan o‘yinlarda ham mana shu «temp»ni saqlagan holda to‘p sursak, maqsadimizga etishamiz.

- «Dinamo»ning g‘alabali seriyasi 23 o‘yinga etdi. Jamoa 70 ochko jamg‘arib, yaqin ta’qibchisini 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Qolaversa, zaxirada yana bitta o‘yin bor. Shundan kelib chiqib, «Dinamo» Oliy Liga masalasini amalda hal etdi, desa bo‘ladimi?

- Bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. «Dinamo» Oliy Ligaga chiqdi deyishga hali erta. Chunki oldinda yana 7 ta o‘yin bor. Ushbu bahslar asosiy raqobatchilarimizga qarshi o‘tadi. Shunday ekan, ayni damdagi 8 ochkolik farq unchalik katta emas, deb o‘ylayman. Qolgan bahslarda ham hushyorlikni yo‘qotmay, faqat g‘alaba uchun to‘p surishda davom etishimiz shart. Muxlislarlarimiz doimgidek qo‘llab-quvvatlab turishsa, «Dinamo» bilan yana Oliy Ligaga qaytamiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar