Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

"Navbahor": Yoshlarimiz g‘alabani saqlab qola olishmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31
"Navbahor": Yoshlarimiz g‘alabani saqlab qola olishmadi

Yoshlar birinchiligining navbatdagi turida “Navbahor” yoshlari “Buxoro” jamoasi tengqurlari bilan kuch sinashishdi. So‘nggi uchta o‘yinda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritgan yoshlarimizda bu safar ham uch ochkoni qo‘lga kiritib, musobaqa jadvalidagi mavqelarini mustahkamlab olish imkoni mavjud edi. Ammo, bu safar yosh futbolchilarimiz g‘alaba qozona olishmadi.


Uchrashuvning birinchi bo‘limi davomida o‘yin asosan maydon markazida kechdi. Jamoalar hujumlar tashkil etib, xavfli vaziyatlar yaratishga intilishdi. Lekin, birinchi bo‘limning uchdan ikki qismi ortda qolganida darvozalar oldida e’tiborga molik xavfli vaziyatlar kuzatilmadi. Bo‘lim oxirlariga borib buxoroliklar uch bor hisobni ochish uchun yaxshigina imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Dastlab Jaloliddin Ubaydullaevning tepgan to‘pi darvoza ustuniga tegib qaytgan bo‘lsa keyingi hujumda Nodir Davlatov Mirzohid Mamatxonov bilan yolg‘iz qolgach, yakuniy zarbani berishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun hisobni ocha olmadi. Keyinchalik Ubaydullaevning 20 metrlardan tepgan to‘pni Mamatxonov qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bo‘lim oxirlab borayotgan bir pallada G‘ayrat Jo‘raev ham gol urish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lsada, darvozaga zarba yo‘llay olmadi. Bu vaziyatda Nasimov futbolchimizga zarba berish imkon bermadi.
Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz hujumkorlikni oshirishdi. Bu esa raqib darvozasi oldidagi xavfli vaziyatlar sonini oshishiga xizmat qildi. Lekin, yoshlarimiz bir qator imkoniyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi. Hisobni ochish uchun Vladislav Aleksin, Xusan G‘aniev, G‘ayrat Jo‘raev va Bilol Sharofiddinovlarda imkoniyatlar bo‘lsada, “Buxoro” darvozasiga yo‘l topishni imkoni bo‘lmadi. 74-daqiqada G‘ayrat Jo‘raevning burchakdan oshirib bergan to‘pini Akbarali Xoldorov darvozaga aniq yo‘llab, dastlabki gol muallifiga aylandi. O‘tkazib yuborilgan goldan keyin buxoroliklar vaziyatni o‘nglash maqsadida oldinga intilishdi. Natijada mehmonlar tez orada o‘rtadagi muvozanatni tiklashdi. Jaloliddin Ubaydullaev chap qanotdan oldinga intilib, to‘pni jarima maydonchasiga etkazib berdi. Jarima maydonchasi ichida Sardor Sulaymonov to‘pni gavdasi bilan Mamatxonov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.
Uchrashuvning qolgan vaqti davomida har ikki jamoa futbolchilarida hisobni o‘zgartirish uchun imkoniyatlar bo‘lsada 1:1 hisobidagi durang natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi.


“Navbahor” – “Buxoro” - 1:1 (0:0). 13 oktyabrSh. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
Hakamlar: A. Shukurullaev, I. Nosirov, A. Jabborov, R. Odilov.
Nazoratchi – A. Hotamov.
“Navbahor”: 1. M. Mamatxanov, 2. A. Mamazoyitov, 6. A. Xoldorov (72. A. Jalilov, 89), 9. I. Boydedaev (5. B. Sharofiddinov, 46), 10. V. Aleksin (8. F. Umaraliev, 75), 11. A. Mamadaliev (7. X. G‘aniev, 26), 14. Sh. Hamidov, 17. A. Turg‘unboev, 18. G‘. Karimov, 19. Sh. Abbosov, 20. G‘. Jo‘raev.
“Buxoro”: 25. Sh. Nasimov, 2. M. Jumaev, 3. B. Omonov, 4. N. Hasanov, 5. S. Fozilov, 6. S. Sulaymonov, 7. S. Ashurov (77. J. Hayriev, 85), 9. E. Dilmurodov (22. A. Jo‘raev, 77), 14. N. Davlatov (10. N. Umurov, 46), 17. J. Ubaydullaev, 27. M. Muhiddinov.
Gollar: A. Xoldorov (74) - S. Sulaymonov (83).
Ogohlantirishlar: G‘. Karimov (51) - S. Ashurov (42), N. Umurov (47).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar