Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Denis Ilesku: «O‘zbek klublarining saviyasi yaxshi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Denis Ilesku: «O‘zbek klublarining saviyasi yaxshi»

"Andijon" klubi safida moldovalik Denis Ilesku Moldfootball.com muxbiri bilan suhbatda klubdagi ishlari va o‘zbek futboli haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Hozirgi kunda "Andijon" klubi O‘zbekiston chempionatida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
— Ba’zida omadimiz kelmayapti, ba’zida esa o‘zimiz pastroq saviyada o‘ynayapmiz. Shu bois, afsuski, hozirda so‘nggi o‘rinni egallab turibmiz.

— Jamoaning vaziyatdan chiqib ketishga qurbi etadimi?
— Qolgan o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsak, maydonda yaxlit jamoa sifatida ishlasak, o‘ylaymanki, vaziyatni o‘nglay olamiz. Ushbu narsalarni amalga oshira olsak, shubhasiz, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olamiz. "Andijon"da salohiyat bor. Barcha etakchi jamoalar bilan o‘yinlarda yaxshi futbol namoyish qildik va ochkolarni qo‘lga kiritdik. Xudo qo‘llasa, Oliy ligadan tushib ketmaymiz.

— O‘zbekiston chempionatiga qanday borib qoldingiz? Chempionat sizga yoqyaptimi?
— O‘zbekiston chempionatida o‘ynash varianti Denis Romanenko orqali paydo bo‘ldi. U avval O‘zbekistonda o‘ynagan. Yoqadimi yoki yo‘q? O‘yinlarimizni yutganimizda — jamoa ham, shahar ham, muxlislar ham yoqadi. Yutqazganimizda — yoqmaydi (kuladi).

— O‘zbek futbolida sizni hayron qoldirgan o‘ziga xos jihatlarga guvoh bo‘ldingizmi?
— O‘zbek klublarining saviyasi yaxshi. Barcha jamoalar — birinchi o‘rinni egallab turgan klubdan tortib oxirgi o‘rinni band etgan jamoalar bir-birlariga keskin qarshilik ko‘rsatishlari mumkin. Shuningdek, bu erda stadionlar va muxlislar yuqori darajada. 16ta klubning 12tasi yangi va zamonaviy stadionga ega. Bundan maydonlarda o‘ynash yoqimli.

— O‘z uyingizni, o‘zimizning chempionatni sog‘inyapsizmi?
— Uyni sog‘inaman, albatta. O‘zimizni chempionatni esa sog‘inmadim. Nasib qilsa, Moldova chempionatida boshqa o‘ynamayman. Milliy diviziyada o‘ynashga to‘g‘ri kelsa, faqat bitta jamoada o‘ynashim mumkin.

— Qaysi?
— "Dachiya".


Denis ILESKU
Fuqaroligi: Moldova
Tug‘ilgan sanasi: 20.01.1987
Ampluasi: Markaziy himoyachisi
Bo‘yi: 189 sm
Og‘irligi: 82 kg

O‘ynagan klublari: «Akademiya» (2009-2010), «Astana» (2010), «Dachiya» (2010-2014), «Veris» (2014-2015), «Dinamo-Avto» (2014-2016)

Yutuqlari: Moldova chempioni (2011), Moldova vitse-chempioni (2012, 2013), Moldova Superkubogi sohibi (2012)

UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchisi (2012)
UEFA Evropa ligasi ishtirokchisi (2013, 2014)
Moldova terma jamoasida 4ta o‘iyn o‘tkazgan

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar