Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Sardor Azmun: «Eron bilan birga O‘zbekiston JCh-2018ga chiqishiga tilakdoshman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Sardor Azmun: «Eron bilan birga O‘zbekiston JCh-2018ga chiqishiga tilakdoshman»

Biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan O‘zbekiston – Eron uchrashuvidan so‘ng mehmonlarning etakchi futbolchilaridan biri Sardor Azmunni suhbatga tortdik.

«Rostov» klubi hujumchisi dastlab o‘zbekistonlik jurnalistlarga rus tilida gaplasha olmasligini, faqat fors tilida intervShyu bera olishini ma’lum qilib, uzr so‘radi. Tojik tili forschaga juda yaqinligi bois, Sardor bilan suhbatlashishga deyarli qiynalmadik.

— Sardor, avvalo O‘zbekiston bilan o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Bu siz uchun kutilgan g‘alaba bo‘ldimi?

— O‘zbekiston bilan o‘yin og‘ir o‘tishini kutgan edik. Chunki bu jamoa bilan o‘yinlarimiz oson kechmagan. Oldimizdagi vazifa g‘alaba qozonish edi. O‘yin boshida gol ura olganimiz juda muhim bo‘ldi. Aynan ushbu gol raqiblarimiz rejalarini buzdi deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdik.

— Ushbu g‘alaba Eronni yana guruh favoritiga aylantiradimi?

— Hali bunday deyishga barvaqt. Chunki endigina 3 ta o‘yin o‘tkazdik, hamma o‘yinlar oldinda. To‘g‘ri, hozircha peshqadam bo‘ldik ammo Janubiy Koreya bilan o‘yindan keyin javdal yana o‘zgarishi mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston termasida ham hali juda yaxshi imkoniyat bor.

Qisqa savol-javobdan keyin Azmun miks-zonani tark etgan bo‘lsada, biroz o‘tib hujumchi qolgan savollarimizga ham javob berishga rozi bo‘ldi.

Sardor Azmun: «Eron bilan birga O‘zbekiston JCh-2018ga chiqishiga tilakdoshman»

— O‘yindan oldin Karlos Keyrush ham, eronlik futbolchilar ham O‘zbekiston kuchli raqib jamoa ekanligini takrorlashgandi. Bu xavf asosli bo‘lib chiqdimi?

— Fikrimcha, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Murabbiylarimiz raqibning o‘yinini o‘rganishgan va bizga kuchli va kuchsiz jihatlarini aytishgandi. Ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajardik va O‘zbekistonga hech qanday imkoniyat bermadik. Shunga qaramay, men O‘zbekistonni kuchli raqib deb hisoblayman.

— O‘yin boshlanishidan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida Odil Ahmedov bilan nima haqida gaplashdingiz?

— Ahmedov bilan Rossiyada chempionati doirasida uchrashib turamiz. Odilni zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganligini ko‘rib, u bilan ko‘rishdik. Jarohati borligini bilgach, unga tezroq sog‘ayishini aytib, bir-birimizga omad tiladik.

— Bugun asosiy tarkib emas, zaxiradan maydonga tushganligingiz nima bilan bog‘liq?

— Bu murabbiylarimizning o‘yinga rejasi edi. Afsuski, ikkinchi bo‘lim yakunida ikki marta juda yaxshi vaziyatlardan foydalana olmadim. O‘yingohdagi muhit menga yoqdi. Eron bilan birga O‘zbekiston ham JCh-2018 chiqishiga tilakdoshman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

«Erudit Sport» gazetasi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar