Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Shukur Po‘latov: “Endi biz uchun har bir o‘yin finalga teng”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 19
Shukur Po‘latov: “Endi biz uchun har bir o‘yin finalga teng”

“Neftchi” klubi mazkur haftada “o‘zbek klassikosi” deb nom olgan uchrashuvda ishtirok etadi.

Gap shundaki, farg‘onaliklar 15 oktyabrSh kuni o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv esa oldindan “o‘zbek klassikosi” deb nomlanib keladi. “Neftchi” jamoasining ishongan futbolchilaridan biri – Shukur Po‘latovdan esa muxlislarning umidi katta. U har safar maydonda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Iqtidorli himoyachi muhim bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Paxtakor”ga qarshi o‘yinimiz har doim qiyin bo‘lgan, - deydi Po‘latov. - Rostini aytsam, “Paxtakor”ga qaraganda biz oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar sababli ruhiy tomondan oqsayapmiz. O‘z uyimizda o‘ynaymiz, yo‘qotadigan ochkolarimizni yo‘qotib bo‘ldik. Ha, oldimizda turgan uchrashuv qiyin bo‘ladi. Ammo “Paxtakor”ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz deb o‘ylayman. Jarohat olgan o‘yinchilarimiz bor va ularning o‘yinga qadar sog‘ayib ketishadi degan umiddamiz. O‘z maydonimizda amaldagi chempionni engish uchun oxirigacha harakat qilamiz. Futbolda g‘alaba qozonish uchun bir-ikkita o‘yinchi bilan emas, balki butun jamoa bilan erishiladi. Bilib turibmiz, “Paxtakor”ga ham g‘alaba kerak. Ular kuchli uchlikka kirishga harakat qilishyapti. Lekin bizning ham boshqa ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. G‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi” – deydi Po‘latov “Futbol Ekspress” nashriga bergan intervShyusida.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar