Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Fyodor Emelyanenkoning voyaga etmagan qiziga hujum qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 21
Fyodor Emelyanenkoning voyaga etmagan qiziga hujum qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiya Aralash janglar san’ati (MMA) ittifoqi prezidenti, sobiq MMA kurashchisi Fyodor Emelyanenkoning voyaga etmagan qiziga hujum qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

«Interfaks»ning huquq-tartibot organlaridagi suhbatdoshining ma’lum qilishicha, 16 yoshli qizga jiddiy jarohat etkazilganidan so‘ng jinoiy ish ochildi. Shuningdek, agentlikning manbasi jarohat olgan qiz Fyodor Emelyanenkoning farzandi ekanini tasdiqladi. 16 yoshli qizga qilingan hujum uning otasining sport faoliyatiga bog‘liq ekani tasdiqlanmadi.

«RIA Novosti»ning manbasi Emelyanenkoning qizi hamon shifoxonada ekanini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda jinoiy ish Tergov qo‘mitasiga topshirilishi xabar qilinmoqda.

Avvalroq Moskvada Emelyanenkoning 9 yoshli qiziga hujum qilingani va buning oqibatida u shifoxonaga tushib qolgani haqida xabar qilingandi. Ammo keyinchalik Fyodorning 16 yoshli qiziga hujum qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Fyodor Emelyanenkoning birinchi turmushidan 1999 yili Masha ismli qiz tug‘ilgan. Uning ikkinchi turmushidan 2007 yili Vasilisa, 2011 yilda esa Elizaveta ismli qizlar dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Emelyanenko 4 oktyabrSh kuni Grozniy shahrida o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilgandi. Keyinroq «Axmat» klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov Rossiya MMA rahbarining ushbu masala yuzasidan tanqid qilishga haqqi yo‘q ekanini aytgandi.

Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Emelyanenkoning tanqidiga o‘z munosabatini bildirgan edi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar