Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

"Neftchi" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida ma’lumotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 16
"Neftchi" - "Paxtakor". Uchrashuv haqida ma’lumotlar

Oliy liganing 25-turida ishqibozlar chempionatimizdagi eng keskin qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishadi.
Bu jamoalar oliy liga tashkil etilganidan boshlab uni tark etmagan uch klubning ikkisi sanaladi. Ular o‘rtasidagi o‘yinlar hamisha o‘ziga xos printsipial to‘qnashuvga aylanib kelgan. "Paxtakor" to‘liq tarkib bilan tayyorgarlikni chorshanba kunidan boshladi. Terma jamoaga chaqirilgan 7 nafar futbolchi kechadan mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Uchrashuvni jamoamiz himoyachilari Davron Hoshimov va Adnan Oraxovats diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuborishadi.
Qarama-qarshilik Oliy ligada jamoalar 49 bor to‘qnash kelishgan. 23 uchrashuvda "Paxtakor", 19 bahsda "Neftchi" g‘olib chiqqan. 7 o‘yin durang bilan tugagan. Jamoamiz 81, farg‘onaliklar 65 to‘p kiritishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 14tasida mezbonlar ustun kelgan bo‘lsa, 5 martadan durang va jamoamizning muvaffaqiyati kuzatilgan.
O‘yin rasmiylari Bahsda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Joriy mavsum u "Nasaf" bilan bahsni boshqargan va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangandi.
"NEFTChI" - "PAXTAKOR" Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Husniddin Shodmonov (Buxoro), Obid Jumaev (Navoiy), Akmal Rahimov (Andijon). Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent). PFL vakili: Ahrol Inoyatov.
Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 14 oktyabrSh, juma kuni 15:00da Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini esa Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida 16:00da start oladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar