Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.09.2016

EChL. «Real» safarda durang o‘ynadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
EChL. «Real» safarda durang o‘ynadi

Evropa chempionlar ligasida "F" guruhi favoritlari o‘rtasidagi uchrashuv juda qiziqarli kechdi va unda jangovar durang qayd etildi. "Borussiya" va "Real" jamoalari bahsning ilk daqiqalaridan boshlab ochiq o‘yin namoyish qila boshlashdi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq madridliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Ronalduning darvozabon uchun noqulay jarima zarbasini yo‘lladi. Byurki qaytargan to‘pni Xames darvozabon tomon tepdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay Benzemaning oyog‘idan biroz o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va olis ustunga tegib qaytdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Obameyang tomonidan jarimadan berilgan kuchli zarbani bu safar Keylor Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yin maydon egalarining tashabbusi ostida kechayotgan paytda "Qirollik klubi" hisobni ochdi. Qarshi hujumda Modrich-Benzema-Kroos-Xames-Beyl uzatmalaridan keyin Rodriges o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Beylga uzatma berdi va Garet tovoni bilan to‘pni ortga qoldirdi. To‘p himoyachining oyoqlari orasida o‘tib, zarba berishga tayyor turgan Ronalduga kelib tushdi. Krishtianuning zarbasidan kein to‘p olis ustunga tegib, to‘rga tushdi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib Dembeleda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Usmon o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Daniloni aldab o‘tdi va chap oyoqda zarba berdi. So‘nggi pallada uning oyog‘i tagiga tashlangan Ramosning oyog‘idan to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Birinchi bo‘lim tugash arafasida dortmundliklar hisobni tenglashtirishdi. Gerreyro tomonidan berilgan jarima zarbasini Navas musht bilan urdi, ammo to‘p Varanga tegib, darvoza burchagi tomon yo‘l boshladi. Chiziq ustida PSher-Emerik Obameyang to‘pni darvozaga yo‘llab qo‘ydi. U to‘pga tegmasa ham avtogol bo‘layotgandi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ehtiyotkor o‘yin namoyish qila boshlashdi. Mahoratli futbolchilarni o‘zida jamlagan "Madrid" ko‘proq hujum tashkil qildi va haqli ravishda yana hisobda oldinga chiqib oldi. "Real" burchak to‘pini orqaroqqa etkazdi va Ramos olis ustun tomon uzatma berdi. Benzemaning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to‘p ustun va to‘singa tegib, darvozabon maydonchasi ichida turgan Varanga borib tushdi. Rafael to‘pni darvozaga burib qo‘ydi.

Tuxel shogirdlarining sa’y-harakatlari uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida o‘z samarasini berdi. Pulishich chap qanotdan bir futbolchini aldab o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni Varan bosh bilan qaytardi. Shyurrle o‘zi to‘pni qabul qilib, 14 metrlardan kuchli zarba bilan to‘pni to‘sin ostiga joyladi. 2:2!

Ushbu durang natijadan keyin har ikkala jamoa 4 ochkodan jamg‘argan holda guruh peshqadami bo‘lib turishibdi.

EChL, "F" guruhi, 2-tur
Borussiya D Germaniya – Real Madrid Ispaniya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 17 Ronaldu, 1:1 – 43 Obameyang, 1:2 – 68 Varan, 2:2 – 87 Shyurrle.
Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Shmeltser, Gerreyru (Mor, 78), Gettse (Shyurrle, 58), Vaygl, Kastro, Pishchek, Obameyang, Dembele (Pulishich, 73).
Real Madrid – Navas, Varan, Danilo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kroos, Xames (Kovachich, 70), Beyl, Ronaldu, Benzema (Morata, 87).
Ogohlantirishlar: Shmeltser (50), Ramos (63), Vaygl (74), Gerreyru (77), Obameyang (90).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar