Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.09.2016

Andrey Arshavin o‘zini “tentak” deb atadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 28
Andrey Arshavin o‘zini “tentak” deb atadi

Futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Arshavin ayni vaqtda Qozig‘ostonning “Qayrat” klubida to‘p surmoqda. 26 sentyabrSh kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda Arshavin murabbiylik faoliyatiga o‘tishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Jurnalistlar tomonidan berilgan “Murabbiy bo‘lishni istarmidingiz?”, degan mazmundagi savolga Andrey Arshavin quyidagicha javob berdi:
“Qachondir murabbiy bo‘lishni xohlarmidim? Men yomon murabbiy bo‘laman. Nega? Chunki, men tentakman”.
Shuningdek, Arshavin hech qachon o‘zidagi “yulduzlik kasalligi”ga qarshi kurashmaganligini tan oldi. Xususan, u “Menga shunday qulay, tug‘ilganimdan buyon “yulduzlik kasalligi”ga yo‘liqqanman. Menimcha hayotim davomida men umuman o‘zgarmaganman”, deya ta’kidlab o‘tdi.
Avvalroq, futbolchining Rossiya futbol premSher-ligasiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Biroq futbolchi bu ma’lumotni “poezd o‘tib ketdi”, deya izohladi.
35 yoshli futbolchining OAV xodimlari bilan bunday muomala qilishi ko‘pchilikning g‘ashiga tegsa kerak. O‘zi tan olganidek, hujumchiga “yulduzlik kasali” qon bilan kirgandir, biroq ko‘pchilik yoshlar unga havas qilishlarini inobatga olib, ular uchun namuna sifatida o‘zidagi ijobiy hislatlarni namoyon etsa, balki foydadan holi bo‘lmas edi.
Ma’lumot uchun, Andrey Arshavin Rossiya termasida 2002 yildan 2012 yilgacha to‘p surgan. 10 yil davomida u 75ta o‘yinda ishtirok etib, 17ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Arshavin 2016 yil mart oyida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga o‘tgan edi. Olma-Ota klubi tarkibida futbolchi 27ta uchrashuv o‘tkazgan. Mazkur klub bilan Arshavinning shartnomasi joriy yilning dekabrSh oyida yakuniga etadi. Durdona Rasulova Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar