Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.09.2016

Buxoro va Qashqadaryo futbol faxriylari o‘zaro kuch sinashishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57
Buxoro va Qashqadaryo futbol faxriylari o‘zaro kuch sinashishdi

Bugun Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida ikki qo‘shni viloyat futbol faxriylaridan iborat jamoalar maydonga tushishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mehmonlarni Buxoro viloyati Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti To‘ra Salimovich Qo‘ldoshev boshchiligdagi mezbonlar katta ehtirom bilan kutib olishdi. Bundan faxriylarimiz juda mamnun bo‘lishdi.

Har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston futbol faxriylari o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi saralash uchrashuvlari start olgan.

Bugun ushbu birinchilik doirasidagi uchrashuvda ikki qo‘shni viloyat futbol faxriylari jamoasi o‘zaro kuch sinashishdi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 1 oktyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi.

Shunisi diqqatga sazovorki, bugungi uchrashuvda viloyatimiz futbol faxriylaridan tuzilgan jamoa, raqiblari darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritishdi va ishonchli g‘alabasini nishonlashdi. “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevich uchrashuvda ikkita golga mualliflik qildi. Uchrashuvdagi bitta golni “Nasaf” jamoasining o‘tmishdagi afsonaviy futbolchisi Zafar Xolmurodov kiritgan bo‘lsa, yana bir golni Ixtiyor Mardonov kiritdi.

Bugungi uchrashuvda viloyatimiz nomidan quyidagi futbol faxriylari maydonda harakat qilishdi.

Asliddin Hasanov, Nikolay Minchev, Nurali Sultonov, Shuhrat Toshpo‘latov, Baxriddin Omonov, Dinmuhammad Qurbonnazarov, Dadajon Tog‘aev, Ro‘ziqul Berdiev, Obid Hamroev, Zafar Xolmurodov, Komil Yomg‘irov.

Zahiradan quyidagi futbol faxriylari maydonga tushishdi: O‘tkir Xoliqov, Ixtiyor Mardonov, Shuhrat Qiyomov.

Endi faxriylarimiz javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar