Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

AFC U16. KXDR penaltilar seriyasida Ummonni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41
AFC U16. KXDR penaltilar seriyasida Ummonni mag‘lub etdi

Guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, chorak finalda Ummonga qarshi bahs olib borgan KXDR o‘smirlar terma jamoasi penaltilar seriyasi orqali Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘l oldi.
Birinchi bo‘limda jamoalar teng o‘yin namoyish qilishdi. Bahsning 24-daqiqasida hindistonlik hakam Ummon darvozasi tomon penalti belgiladi. Shshimoliy koreyalik futbolchi 11 metrli zarbani golga aylantira olmadi. O‘yinchining zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib, yon tomonga ketdi.
Ikkinchi bo‘limda tashabbus ko‘proq KXDR tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida ummonliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas koreyaliklar sardori bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Reglamentga ko‘ra, pley-off bosqichida durang qayd etilgan holatda navbat penaltilar seriyasiga beriladi. Seriyaning boshida darvozabonlar bir martadan zarbani qaytarishdi. O‘yindan gol urgan ummonliklar futbolchisi jamoasining to‘rtinchi zarbasini golga aylantira olmadi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. Koreyalik futbolchi yakuniy zarbani aniq yo‘lladi va jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqdi.
O‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati, chorak final
UMMON - KXDR - 1:1.
Penaltilar seriyasi — 4:2.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar