Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Sabina Sharipova Tashkent Open asosiy bellashuvlariga yo‘l oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 27
Sabina Sharipova Tashkent Open asosiy bellashuvlariga yo‘l oldi

25 sentyabrSh kuni Toshkentda Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) ning xalqaro musobaqasi kvalifikatsiyalovchi final bosqichi yakuniga etdi. O‘zbekistonlik Sabina Sharipova Tashkent Open asosiy bellashuvlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Dunyo reytingida 163-o‘rinni egallab turgan 22 yoshli Sharipova saralash bosqichining so‘nggi raundida ukrainalik 19 yoshli Angelina Kalinina (478)ni 6/3, 6/2 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 1 soatu 11 daqiqa davom etdi. Bu vaqtda Sabina uchta eys va beshta breykni amalga oshirdi. Uning raqibasi esa faqatgina ikki setbolni qayd etdi.

Saralash bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik to‘rt tennischi ayoldan Sharipova musobaqalarning asosiy bellashuvlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Uning navbatdagi raqibasi — shveytsariyalik Shtefani Fogele (101). Musobaqa startida O‘zbekistondan wild card tizimi (sportchilarning umumiy saralashlaridan o‘tmagan holda alohida taklifnoma) bo‘yicha o‘ringa ega bo‘lgan Kamola Umarova ham ishtirok etadi.

Barcha o‘yinlar natijalari:

Xiroko Kuvata (Yaponiya) — Katarjina Piter (Polsha) — 6/2 7/6(0);

Sabina Sharipova (O‘zbekiston) — Angelina Kalinina (Ukraina) — 6/3 6/2;

Tereza Martintsova (Chexiya) — Sofiya Shapatova (Gruziya) — 6/4 7/5;

Ipek Soylu (Turkiya) — Ankita Raina (Hindiston) — 1/6 6/1 6/2.

WTA reglamentiga ko‘ra, saralash g‘olibalari 18 ball va 2220 dollardan, mag‘lubiyatga uchraganlar — 12 ball va 1285 dollardan qo‘lga kiritadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar