Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Ro‘ziqul Berdiev: «Bugun ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55
Ro‘ziqul Berdiev: «Bugun ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi»

"Qizilqum" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevich o‘yin haqidagi boshqalar haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Bugun maydonda murosasiz kurashga boy uchrashuvni guvohi bo‘ldik. Ikkala jamoa ham o‘yin oxirigacha kurashdan to‘xtamadi. Raqibimizni yaxshi o‘rgangan edik va ularning amalga oshiradigan standart vaziyatlari juda xavfli ekanligini ham bilar edik. Bu haqda futbolchilarimizni ogohlantirgan edik. Ammo bugun aynan raqibimiz bizni ana shu standart vaziyatlardan jazoladi. O‘ylaymanki, “Qizilqum” jamoasi ham bizga qarshi uchrashuvga puxta tayyorgarligi o‘yin davomida sezilib turdi. Ular ham bugungi uchrashuvda astoydil harakat qilishdi. Buning evaziga ular ham bugun bir ochkoni haqqoniy qo‘lga kiritishdi.

Har o‘yinda har xil tarkib? Albatta, o‘z-o‘zidan ma’lumki, raqiblarimiz bizni ham har bir o‘yindan oldin yaxshilab o‘rganishadi. Shuning uchun o‘yin taktikasiga qarab tarkibga o‘yinchi tanlaymiz. Ba’zan tanlagan o‘yin uslubimizga mos keladigan o‘yinchilar bilan alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu albatta har xil tarkib bilan maydonga tushishimizga olib keladi. Ammo bugun darvozabonimiz Eldor Suyunovning engil jarohati borligi uchun, uni maydonga tushirmadik. U nafaqat jamoamizning asosiy o‘yinchisi hisoblanadi, o‘zingizga ma’lum, u shuningdek terma jamoamizga ham doimo jalb etilib turiladi. Shularni hisobga olib bugun tavakkal qilmadik. Krasichning maydonga tushirilmaganligiga uning o‘tgan o‘yinda qizil kartochka olganligi sabab bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishni istardim, “Qizilqum” jamoasining ham infratuzilmasida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beribdi. Misol tariqasida bugun o‘yin bo‘lib o‘tgan stadiondagi sharoitlar, maydonnning holati va boshqalar bizni ham ancha quvontirdi. O‘ylaymanki bunday e’tibor va mavjud sharoit “Qizilqum” klubining yanada rivojlanishiga omil bo‘ladi. Umid qilamizki, klubga bo‘lgan e’tibor hech qachon so‘nmaydi.

Maqsadimiz? Biz hamisha yuqori o‘rin uchun va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish uchun kurashaveramiz. Hech bo‘lmaganda, o‘tgan yilgi natijani takrorlashimiz kerak", - deydi Ro‘ziqul Berdiev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar