Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.09.2016

Ispaniya chempionati. «Real» yana ochko yo‘qotdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 26
Ispaniya chempionati. «Real» yana ochko yo‘qotdi

Ispaniya chempionatining 6-turida «Real» safarda «Las-Palmas» klubi bilan o‘ynadi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi.

Birinchi bo‘limda "Real" biroz tashabbusga ega bo‘ldi va 33-daqiqada hisobni ochdi. Nacho jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytara oldi. Ammo qaytgan to‘pga etib kelgan Asensio uni boshi bilan darvozaga yo‘lladi!

Oradan biroz o‘tgach, hisob tenglashdi. Chap qanotdan to‘p jarima maydoniga oshirildi. Tana uni to‘xtatib oldi va sovuqqonlik bilan darvozaning pastki burchagiga aniq yo‘lladi!

Ikkinchi bo‘limda «Real» o‘yinini kuchaytira oldi. 67-daqiqada Ronaldu chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytara oldi, biroq qaytgan to‘pga etib kelgan Benzema uni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi!

O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida mezbonlar mag‘lubiyatdan qutqaruvchi golni urishdi. Chap qanotdan oshirilgan to‘pni egallab olgan Arauxo darvozabon bilan yaqinlashib zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza chizig‘iga borib tushdi. Arauxo esa bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi.

Natijada «Real» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi.

Ispaniya chempionati 6-tur.

Las-Palmas – Real Madrid 2:2 (1:1)

Gollar: 0:1 – 33 Asensio, 1:1 – 38 Dominges, 1:2 – 67 Benzema, 2:2 – 85 Arauxo.

Las-Palmas – Varas, Garsiya Santana, Kastelyano, Masedo, Artiles, Momo (Arauxo, 68), Gomes, Dominges, Viera (El-Jar, 56), Livaya (Lemos, 88), Mesa.

Real Madrid – Kasilya, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kroos, Asensio (Benzema, 64), Beyl, Ronaldu (Vaskes, 72), Morata (Isko, 80).

Ogohlantirishlar: Mesa (23), Garsiya Santana (54), Kroos (58), Karvaxal (77), Dominges (90).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar