Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.09.2016

APL. London derbisida «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
APL. London derbisida «Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya chempionatining 6-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Arsen Venger shogirdlari birinchi bo‘limni ideal darajada o‘tkazishdi va tanaffusga qadar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Keyxilning qo‘pol xatosidan keyin Aleksis Sanches to‘pni egalladi va yakkama-yakka vaziyatda to‘pni Kurtuaning ustidan oshirib, darvozaga joyladi.
Oradan 3 daqiqa "kanonirlar" qisqa paslar orqali "Chelsi" mudofaasini yorib o‘tishdi va Sanchesning uzatmasidan keyin Uolkott darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi.
Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida maydon egalari qarshi hujumni golga aylantirishdi. O‘zil to‘pni o‘ng tomonda ochilayotgan Sanchesga etkazdi. Aleksis Mesutning ochilayotgan joyini ko‘rdi va jarima maydonchasining narigi tomon havodan uzatma berdi. Germaniyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p erga urilib, Kurtuaning ustidan oshib o‘tdi va olis ustunga tegib, to‘rga tushdi, 3:0!

Ikkinchi bo‘limda "Chelsi" hujum qilishga urindi, ammo ularning harakatlari hech qanday samara keltirmadi. Aksincha, mezbonlar qarshi hujumlarda juda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi. Aks holda hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Arsenal" 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, "Chelsi" mag‘lubiyat tufayli 8-pog‘onaga tushib qoldi.
APL, 6-tur
Arsenal – Chelsi 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 11 Sanches, 2:0 – 14 Uolkott, 3:0 – 40 Ozil.
Arsenal – Chex, Belerin, Mustafi, KosShelni, Monreal, Kasorla, Koklen (Djaka, 32), Uolkott, O‘zil, Ivobi (Gibbs, 69), Sanches (Jiru, 79).
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Keyxill, David Luiz, Aspilikueta, Kante, Villian (Pedro, 70), Fabregas (Alonso, 55), Matich, Azar (Batshuayi, 71), Diego Kosta.
Ogohlantirishlar: Ivanovich (28), Diego Kosta (83).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar