Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.09.2016

"Qo‘qon-1912": “Qaldirg‘ochlar”ga kuchimiz etmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41
"Qo‘qon-1912": “Qaldirg‘ochlar”ga kuchimiz etmadi

Oliy liga 23-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Qo‘qon-1912" safarda "Bunyodkor" klubiga 0:3 hisobida yutqazdi.

Bugungi uchrashuvda bosh murabbiy No‘’mon Hasanov tarkibda oldingi o‘yinga nisbatan beshta o‘zgarish qildi. Aniqrog‘i, etakchi o‘yinchilarga dam berildi.

Jarohatidan qatgan Jalil Kimsanov va Mirjalol Qurbonovlar asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Serbiyalik himoyachilar esa zaxirada qoldirildi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida maydon egalari hisobni ochishdi. Alempievich uzatgan to‘pni qaytarish uchun Ribkin o‘z joyini tashlab chiqdi va to‘pni mushtlari bilan urib yubordi. Darvozabonimizdan qaytgan to‘pni Ibroximov 16 metrlar chamasidan Ribkin ustidan oshirib, darvozaga joylab qo‘ydi – 1:0.

Goldan keyin ham mezbonlar yana hujumga zo‘r berishdi. Vakillarimiz esa qarshi hujumda o‘z baxtlarini izlashdi.

37-daqiqada qanotdan reyd o‘tkazgan Ibrohim Rahimovning zarbasi birozgina noaniq ketdi.

Bo‘lim oxiriga kelib, Otabek Zokirov jarohat olib maydonni tark etdi. 41-daqiqada Gadoev-Nasimov kombinatsiyasidan so‘ng Shohrux hisobni 2:0ga oshirdi.

Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Jamoamiz 2-taymni hujum bilan boshladi. Otabek Haydarov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan biroz o‘tib, Mirjalol Qurbonovning super zarbasini Zuhurov super seyv ko‘rsatgan holda qaytarishga erishdi.

O‘yin tugashi arafasida “Bunyodkor” uchinchi to‘pni kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 89-daqiqada Alempievichdan to‘pni qabul qilib olgan Hamdamov o‘ng oyoqda darvozani aniq nishonga oldi – 3:0.

Shu tariqa, “Qo‘qon-1912” jamoasi yana “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda maydonni mag‘lub holda tark etishga majbur bo‘ldi.

Jamoamizning navbatdagi o‘yini 1 oktyabrSh kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida “Navbahor”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Oliy liga. 23-tur

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) 3:0 (2:0)

Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Kalinin (Qarshi), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
O‘zPFL vakili: F. Magametov.

Gollar: Javlon Ibrohimov 13, – 1:0. Shohruh Gadoev 41, – 2:0 (Bahodir Nasimov). Dostonbek Hamdamov 89, – 3:0 (Aleksandar Alempievich)”

Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Akrom Komilov, 8.Javlon Ibrohimov (9.Sato Minori, 76), 14.Bahodir Nasimov, 19.Zabihillo O‘rinboev (11.Shahzodbek Nurmatov, 71), 21.Sardor Azimov, 22.Rustam Ashurmatov, 23.Shohruh Gadoev (17.Dostonbek Hamdamov, 60), 30.Yuritsa Bulyat, 71.Aleksandr Alempievich.
Zaxira: 45.Akbar To‘raev, 10.Eldor Shomurodov, 16.Dilshodbek Ahmadaliev, 20.Otabek Shukurov.

“Qo‘qon-1912”: 13.Nikita Ribkin, 4.Mirjalol Qurbonov, 5.Jalil Kimsanov, 6.Bahodir Akramov, 7.Otabek Zokirov (14.Avaz Mamatxo‘jaev, 41), 10.Otabek Haydarov, 20.Dostonbek Tursunov (49.Shoxrux Xolmatov, 67), 28.Abdulloh Olimov, 75.Ibrohim Rahimov, 90.Suhrob Berdiev, 99.Javohir Siddiqov (70.Sobir Hamidov, 80).
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 9.Nosir Otaqo‘ziev, 55.Darko Gojkovich, 83.Nikola Valentich.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar