Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Navbahor yoshlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (to‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Navbahor yoshlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (to‘liq sharh)

Yoshlar birinchiligining navbatdagi turida “Navbahor” yoshlari Toshkentning “Paxtakor” klubidagi tengqurlari bilan kuch sinashdi. Uchrashuvni murosasiz ruhda o‘tishi oldindan ma’lum edi. Sababi, har ikki jamoa ham joriy yilgi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun intilayotgandi. “Paxtakor” 22-turdan keyin 43 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turgandi. Yoshlarimiz esa 37 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy olishgandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa azolarida gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, o‘yingohga yig‘ilgan muxlislar bitta golga guvoh bo‘lishdi xolos. 22-daqiqada Shohjahon Abbosov jarima maydonchasi ichida raqiblarni aldab o‘tgan holda “Paxtakor” darvozasini aniq nishonga oldi. Golga qadar yoshlarimizdan Abbosov,

Xoldorovlar, mehmonlardan esa Karimov va To‘raevlarda yaxshigina vaziyatlar yuzaga kelgandi. Vakillarimizning zarbalari yo‘liga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘lishdi. Toshkentliklar tomonidan amalga oshirilgan zarbalardan keyin darvozabonimiz mahoratini namoyish etib, darvozasi daxlsizligini ta’minladi. Tanaffusga qadar Mamatxonov Tolipovning zarbasini ham bartaraf etishga erishdi. O‘z navbatida Abduqodirov ham ikkita vaziyatni ko‘kka sovurdi.

Ikkinchi bo‘limda ham muxlislar zerikib qolishmadi. Tanaffusdan keyin faollikni oshirgan “Paxtakor” yoshlari 55-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishdi. Sadiloevning to‘p oshirishidan keyin Timur Turdiev 14 metrlardan darvozaga aniq zarba yo‘llashni uddasidan chiqdi. Hisob tenglashgach, yoshlarimiz o‘yin sur’atini oshirishdi. Bir qator imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, ancha vaqtga qadar “Paxtakor” darvozasini nishonga olishni imkoni bo‘lmadi. Birgina Abbosovning o‘zida uchta vaziyat bo‘lsada, hisobni o‘zgartirishni uddasidan chiqa olmadi. 80-daqiqada futbolchilarimiz maqsadlariga etishdi. G‘ayrat Jo‘raevning qanotdan oshirib bergan to‘pini Xusan G‘aniev boshi bilan ajoyib tarzda darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

E’tiborli jihati G‘anievni zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagandi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Mamadalievni Ahmedov o‘z jarima maydonchasi ichida chalib yiqitgani uchun hakam penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan G‘ayrat Jo‘raev g‘alabani mustahkamladi – 3:1. Mavsumdagi 11-g‘alabasini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz ochkolar sonini 40 taga etkazib olishdi va musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

“Navbahor” – “Paxtakor” - 3:1 (1:0). 23 sentyabrSh. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 181 tomoshabin.
Hakamlar: B.Yulcharaev - 8,1, R.Odilov - 8,7, A.Jabbarov - 8,7, A.Rajabbaev - 9.
Nazoratchi – M.Ismoilov.
“Navbahor”: 1. M.Mamatxonov, 2. T.Shamsitdinov, 5. H.Yunusov (15. J.Olimjonov, 25), 6. A.Xoldorov (7. X.G‘aniev, 79), 8. B.Rahimov, 9. I.Boydedaev, 11. A.Mamadaliev (14. B.Tursunov, 86), 17. I.Abduqodirov (72. Sh.Hamidov, 48), 18. G‘.Karimov, 19. Sh.Abbosov (10. I.Aliboev, 86), 20. G‘.Jo‘raev (4. B.Sharofiddinov, 85).
“Paxtakor”: 1. N.Hamidov (30. B.Ergashev, 46), 6. A.Otaxonov (34. Sh.Nishanov, 45), 7. A.To‘raev (23. Yu.Abduvohidov, 77), 8. I.Karimov, 10. B.Asqarov, 15. R.Xursanov, 19. T.Tolipov, 21. B.Sadiloev, 22. G.Ahmedov, 29. S.Sindarov, 38. J.Yusupov (5. I.Turg‘unboev, 81).
Gollar: Sh.Abbosov (22), X.G‘aniev (80), G‘.Jo‘raev (84-pen.) – T.Turdiev (55).
Ogohlantirishlar: Sh.Abbosov (45+1), G‘.Jo‘raev (49), A.Mamadaliev (78), G‘.Karimov (89) - S.Sindarov (45+1).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar