Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

“Qizilqum” – “Nasaf”. PrevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60
“Qizilqum” – “Nasaf”. PrevShyu

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi bahslarining ilk finalchisiga aylangan “Nasaf” jamoasi yana milliy chempionatimizdagi kurashni davom ettiradi. Jamoamiz oliy liga 23-tur uchrashuvini safarda Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 25 sentyabr yakshanba kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

Jamoalarning joriy chempionatdagi mavqie to‘g‘risida

“Qizilqum” jamoasi bu yilgi chempionatda yaxshi ishtirok etmoqda. Ular hozirgacha bo‘lib o‘tgan 22 uchrashuvning o‘ntasida g‘alaba, olti uchrashuvda durang va yana olti uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgan. To‘plagan ochkolari soni 36ta bo‘lib, turnir jadvalining 6-pog‘onasini band etib turishibdi.

Jamoamiz o‘tkazilgan 22 uchrashuvning 14tasida g‘alaba, besh uchrashuvda durang va uch uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgan. To‘plagan ochkolari soni 47taga teng va turnir jadvalini uchinchi pog‘onasida bormoqda.

“Qizilqum” jamoasi ikkinchi davradagi o‘tgan 7 uchrashuvda 4ta g‘alaba, 1 uchrashuvda durang va 2 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. O‘tgan 22-turda navoiyliklar safarda “Buxoro” jamoasidan 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan edilar.

“Nasaf” jamoasi esa ikkinchi davradagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib kelmoqda. Faqat o‘tgan 22-turda jamoamiz “Andijon” jamoasi bilan golsiz durang qayd etdi.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Endi navoiyliklar o‘z maydonida jamoamiz bilan kuch sinashishadi. Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 33 marta ro‘baru kelishgan. Ushbu bahslarning 20 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 7 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda 62-34.

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

“Nasaf” joriy mavsumning Qarshida bo‘lib o‘tgan birinchi davra uchrashuvida konchilarni 2:0 hisobida mag‘lub etganini eslatib o‘tamiz. 8 may kuni o‘tkazilgan 8-tur uchrashuvidagi gollarga Islom Rashidxonov va Maqsud Karimovlar mualliflik qilishgan (video).

Jamoamiz Ro‘ziqul Berdiev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo‘lsin, hoh Navoiyda bo‘lsin, “Qizilqum” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan emas.

Shu erda yana bir qiziqarli faktni aytib o‘tish joiz. Ayni paytda “Qizilqum” jamoasi safida ko‘plab “Nasaf”ning sobiq futbolchilari faoliyat yuritishmoqda. Bular Alisher Yusupov, Ilhom Yunusov, Hamza Karimov, Samandar Shodmonov, Erkin Boydullaevlardir.

Jamoalarning Navoiyda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

O‘zaro o‘yinlar qaydnomalarini varaqlasak, jamoamiz Navoiyda o‘tkazilgan 16 uchrashuvning 7tasida g‘alaba, 4tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. So‘nggi durang 1:1 natijasi esa 2014 yili qayd etilgan. Oldindagi uchrashuv jamoalarning Navoiydagi 17-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

“Nasaf” o‘tgan yilgi mavsumning birinchi va ikkinchi davra uchrashuvlarida ham “Qizilqum” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan. Navoiyda bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘zaro uchrashuvda ham jamoamiz konchilarni 2:1 hisobida dog‘da qoldirgan.

Navbatdagi uchrashuv

Ushbu uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli serbiyalik legioner futbolchimiz Ognen Krasich o‘tkazib yuboradi. U Buxoroda o‘tgan kubok bahsida maydondan chetlatilganini eslatib o‘tamiz.

O‘zPFL 23-tur. 25.09.2016.

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)

Navoiy sh., “Yoshlar” SM. Soat 18:00da

Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent),

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akmal Po‘latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 24 sentyabr shanba kuni “Yoshlik” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Uchrashuv bosh hakami haqida qisqacha ma’lumot

Sherzod Qosimov bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz ishtirokidagi ikkita uchrashuvni boshqargan. Birinchi davra 7-tur doirasidagi uchrashuvda jamoamiz “Andijon”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 16-tur doirasidagi G‘uzorda bo‘lgan uchrashuvda “Sho‘rtan” jamoasi ham xuddi shu hisobda mag‘lub etilgan. Demak, joriy chempionatda Sherzod Qosimov jamoamiz ishtirokidagi uchinchi uchrashuvni boshqaradi.

Manba: fcnasaf.uz

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar