Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 136
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi”da yaqindagina yakuniga etgan XV Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xabar berib o‘tganimizdek bu safargi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib mamlakatimiz dovrug‘uni dunyoga tanitishga beqiyos xissa qo‘shishdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Musobaqa davomida 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi. Hamyurtlarimiz Markaziy Osiyoda birinchi, MDXda Ukrainadan so‘ng ikkinchi, Osiyoda Xitoy va Eron delegatsiyalaridan so‘ng uchinchi o‘rinni egallashdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Xali delegatsiyamiz a’zolari vatanimizga etib kelishga ulgurmaslaridan, aniqrog‘i 19-sentyabrSh kuni ularni mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoevning farmoyishi e’lon qilindi. “Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida” deb nomlangan mazkur farmoyishga ko‘ra Paralimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 000, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medali egalari esa 75 000 AQSh dollari bilan mukofotlanishlari ko‘zda tutilgan edi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Bugun “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi”da mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Tantanali marosimda hukumatimiz vakillari, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbarlari, sportchilar, taniqli san’atkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari A. Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi M. Usmonovlar bu yutuqlar o‘z o‘zidan qo‘lga kiritilmaganligi, buning zamirida eng avvalo O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning olib borgan oqilona siyosatlari, yoshlarga ko‘rsatgan ishonchlari, ularni doim yuksak marralar sari odimlashga da’vat etganlari, qolaversa Davlatimiz va hukumatimiz rahbarlarining yuksak e’tibori va g‘amho‘rligi yotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Darxaqiqat yurtimizda nafaqat professional sport, balki ommaviy va bolalar sporti qatorida jismoniy imkoniyatlari cheklangan sportchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratib berilgani, xar qanday inson ko‘zini quvnatadigan va barcha talablarga javob beradigan Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining yangi binosi va o‘quv mashg‘ulotlar bazasining bunyod etilishi paralimpiyachilarimizning bugungi ulkan g‘alabalariga poydevor bo‘lib hizmat qildi. Qolaversa sportchilarimizning Davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirib borilishi, ularga har jixatdan g‘amho‘rlik ko‘rsatilishi ham xalqaro maydonda kurashga otlangan yurtdoshlarimiz kuchiga kuch ko‘shmoqda.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Tadbir davomida Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga farmoyishda belgilangan pul mukofotlarini Bosh Vazir o‘rinbosari A. Ikramov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi M. Usmonovlar tantanali vaziyatda topshirishdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

E’tiborli jixati sportchilarga Davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofotlaridan tashqari Milliy Olimpiya qo‘mitasi xuzuridagi “Olimpiyachilarni qo‘llab quvvatlash jamoat fondi” tomonidan har bir sportchi uchun, ya’ni uning XV Paralimpiya o‘yinlarida medal olgan yoki olmaganlidan qat’iy nazar 32 ta eng eng rusmdagi “Malibu” avtomobillari sovg‘a qilindi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Sportchilar nomidan so‘zga chiqqan suzish bo‘yicha XV Paralimpiya o‘yinlarining oltin, kumush va bronza medallari sohibi, jahon rekordchisi Fotimaxon Amilova, dzyudo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali egasi Feruz Saidov, engil atletikaning estafeta bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan Miran Saxatov va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari Umid Ahmadjonovlar yartilgan sharoitlar va bunday yuksak e’tibor uchun Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan butun O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan minnatdorchilik izhor etishdi. Shuningdek 2020-yilda Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi Paralimpiya o‘yinlarida bundanda yaxshiroq natijalarga erishib, bayrog‘imizni yanada yuksakroqqa ko‘tarishga va’da berishdi.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Bunga shak shubha yo‘q, chunki bugungi kunga kelib O‘zbekiston chin ma’noda chempionlar zaminiga aylandi. Hozirda butun mamlakatimiz Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga, ular erishgan natijalarga havas qilmoqda. Qanchadan qancha ota-onalar o‘z farzandlarini yaxshi niyatlar bilan sport maktablariga, to‘garaklarga etaklab olib kelishmoqda.
Rio Paralimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi ( To‘liq sharh)

Sportchilarimizning bugun erishayotgan natijalarini taxlil qila turib, muxtaram yurtboshimiz, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Perezidenti Islom Karimovning quyidagi iboralarini yodga olamiz. “Biz hech qachon, xech kimdan kam bo‘lmaganmiz va kam bo‘lmaymiz ham!” Bu so‘zlar allaqachon o‘z isbotini topib bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar