Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

"Nasaf" - O‘zbekiston kubogi finalida!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44
"Nasaf" - O‘zbekiston kubogi finalida!

Bugun "Nasaf" Buxoroda “Buxoro” jamoasi bilan O‘zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvidagi bahsni o‘tkazdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan maydonda kurash keskin tus oldi. “Buxoro” jamoasi ham qanday bo‘lmasin bugungi uchrashuvda faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga tushganligini isboti ularoq, imkon bo‘lgandan oldinga tashlandi.

Ammo, “Nasaf”dek jamoaviy o‘yini maromiga etkazilgan jamoa bilan o‘ynash qanchalik murakkab ekanligini har daqiqada ular his etishgan bo‘lishsa ham ajab emas. Chunki “Buxoro” jamoasining tashkil etgan ko‘pgina hujumlari oxiriga etmasdan himoyachilarimiz tomonidan barham berilaverdi. Shuningdek bugungi ko‘rsatgan o‘yini uchun mohir darvozabonimiz Eldorbek Suyunovga qanchalar tasannolar aytsak kam, u ko‘pgina vaziyatlarda jamoamizni yaqqol gollardan asrab qoldi.

Tashkil etilgan hujumlardan samarali foydalana olmagan maydon egalari, ko‘pgina vaziyatlarda o‘yinchilarimizga qo‘polliklar ham ishlatishdi. O‘yinda vaqt o‘tgan sari keskinlik oshib boraverdi. Shundanda ba’zan o‘yinda to‘xtalishlar ham bo‘ldi, o‘yinchilar o‘rtasida tortishuvlar ham bo‘lib turdi. Xuddi shunday vaziyat 21-daqiqada Ognen Krasichni ogohlantirilishi bilan yakun topdi. O‘ziga qo‘pollik qilgan o‘yinchi bilan tortishgani uchun hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasiga kelib kutilmaganda jamoamiz maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Jarima maydonida o‘ziga nisbatan qo‘pollik qilgan o‘yinchi bilan Krasich yana tortishib qoldi va Ravshan Ermatov unga avval ikkinchi sariq va keyin esa qizil kartochka ko‘rsatdi. Aslida bu vaziyatda Krasich o‘yindan tashqari holatda deb topilgan, himoyachi uni ortiqcha harakat bilan to‘xtatmoqchi bo‘lgan edi, bunda Krasich o‘z hissiyotini nazorat qila olmay qoldi va himoyachini itarib yuborgan edi.

Maydon egalari 32-daqiqada hisobda oldinga o‘tib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu vaziyatda ular darvoza yaqinidan ketma-ket uch marta zarba yo‘llashdi. Ushbu zarbalarni Suyunov qaytarishga erishdi. “Buxoro” jamoasi vaqt o‘tgan sayin hujumlarga zo‘r berdi. Jamoamiz asosan himoyalanib, qarshi hujumda o‘ynashga majbur bo‘ldi.

Uchrashuvning 37-daqiqasiga kelib jamoamiz hisobda oldinga o‘tib oldi. Legioner hujumchimiz Dragan Cheran o‘z mahoratini ko‘rsatib, jarima maydoni chizig‘ida ikki himoyachi orasida turib, darvozani aniq nishonga olishga erishdi – 0:1. Bunda uning darvozaga zarba yo‘llashini himoyachilar ham kutishmagan edi.

Ushbu goldan keyin o‘yin shiddati yanada oshdi. Buxorolik futbolchilar hujumda, jamoamiz esa himoyada o‘yinni davom ettirdi. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakuniga etdi. Futbolchilarimiz yaxshi kayfiyatda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham maydon egalarining hujumlari bilan davom etdi. Ular uchrashuvning 58-daqiqasiga kelib, hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi. Jarima maydonimizdagi yuzaga kelgan tartibsiz himoyadan Vadim Chemirtan unumli foydalandi – 1:1.

Bu gol maydon egalariga qandaydir ruhiy kuch berdi. Ular yana ketma-ket hujumlarni uyushtiraverishdi. Jamoamiz futbolchilari esa bor e’tiborlarini himoyaga qaratishdi. 65-daqiqada jamoamiz tomonidan tashkil etilgan qarshi hujum gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo darvozaga oxirgi zarbani berishda Bahrom Abdurahimovda aniqlik etishmadi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida jamoamiz murabbiylari juda foydali o‘yinchi almashtirishni amalga oshirishdi. Abdurahimov o‘rniga maydonga Doniyor Narzullaev tushirildi. Bu qarorning e’tiborli tomoni, raqib jamoa bor kuchini hujumga qaratgan bo‘lib, futbolchilarimiz asosan himoyalanish bilan band edilar. Ammo yuzaga kelgan vaziyatda qarshi hujumda o‘ynaydigan tezkor o‘yinchi kerak bo‘layotgan edi. Xuddi shu vazifani Doniyor Narzullaev uddalashga erishdi. Vaziyatlarning birida u tezkorlik bilan o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni Cheranga oshirdi. Bu vaqtda Cheran ancha oldinga o‘tib ketgan edi. Mana shu vaziyatda Narzullaevning o‘zi ham darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Ammo u bunday qilmadi.

O‘yin shunday davom etayotgan bir paytda, uchrashuvning 85-daqiqasida yana jamoamiz bir qarshi hujumini uyushtirdi. Chap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Farruh Sayfiev to‘pni Doniyor Narzullaevga oshirdi, Doniyorning darvoazaga yo‘llagan zarbasini Muhiddin Xudoyorov qaytarishga ojizlik qildi – 1:2. Bu gol o‘yin taqdirini hal qilgan edi. Chunki bu paytga kelib, har ikkala jamoa futbolchilari katta kuch yo‘qotishgan va o‘yindagi hisobni ham maydon egalarining o‘z foydasiga o‘zgartirishga imkon ham qolmagan edi.

Shunday qilib, “Nasaf” jamoasi maydonda 10 kishi bo‘lib, “Buxoro” jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Kubok yarim finalidagi ikkala uchrashuvda jamoamiz umumiy 4:1 hisobida “Buxoro” jamoasidan ustun keldi va o‘z tarixida oltinchi marta O‘zbekiston Kubogi finali yo‘llanmasini naqd qildi.

Endi jamoamiz finaldagi raqibini kutadi. Raqib “Lokomotiv”/”Bunyodkor” juftligining g‘olibi bo‘ladi.

O‘zbekiston Kubogi-2016. ½ finali javob uchrashuvi. 21.09.2016 y.

“Buxoro” (Buxoro) - “Nasaf” (Qarshi) 1:2 (0:1)

Buxoro sh., “Buxoro” SM. 18:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Dastlabki uchrashuv: “Nasaf” – “Buxoro” 2:0

Gol: Vadim Chemirtan, 58‘-1:1 - Dragan Cheran, 37’-0:1, Doniyor Narzullaev, 85’-1:2.

“Buxoro”: 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Quttiboev (7.Suxrob Ne’matov 54), 10.Shavkat Salomov, 11.Sanat Shixov (71.Anvar Rajabov 79), 16.Artyom Filiposyan, 18.Bahodir Pardaev, 23.Aleksandr Merzlyakov (55.Shavkat Mullajonov 69), 70.Vadim Chemirtan, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev, 93.Maksimilian Fomin.

Zaxira: 30.Asilbek Amanov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 19.Jasur Hasanov, 97.Kamoliddin Murzoev.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 7.Shuhrat Muhammadiev, 18.Bahrom Abdurahimov (38.Doniyor Narzullaev 69), 22.IgorSh Golban, 23.Sherzod A’zamov (s), 24.Ognen Krasich, 28.Fozil Musaev, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Odiljon Hamrobekov (5.Ildar Mamatkazin 89), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan Cheran (21.Azamat Allaniyozov 88).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 15.Shaxboz Erkinov, 42.Najmiddin Normurodov.

Ogohlantirish: Aleksandr Merzlyakov 26, Ruslan Melziddinov 28, Vadim Chemirtan 45, Maksimilian Fomin 85 - Ognen Krasich 22, Farruh Sayfiev

Chetlatish: Ognen Krasich (2SK) 26.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar