Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

Ro‘ziqul Berdiev: "Bugungi o‘yinga tuzgan rejamiz amalga oshdi va g‘alabaga erishdik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52
Ro‘ziqul Berdiev: "Bugungi o‘yinga tuzgan rejamiz amalga oshdi va g‘alabaga erishdik"

O‘zbekiston Kubogi-2016ning dastlabki finalchisi aniq bo‘lgan bugungi "Buxoro" - "Nasaf" 1:2 uchrashuvidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz bosh murabbiy Ro‘ziqul Sa’dullaevich o‘yin haqidagi fiklarini bildirib o‘tdi.

-Avvalo muxlislarimizni va futbolchilarimizni finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman. Muxlislarimizga ham futbolchilarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Endi bevosita o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bugungi o‘yinda biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushgan edik, bunga erishdik. Albatta, o‘yin biz uchun ancha qiyin bo‘ldi, chunki biz oldindan bilar edik, “Buxoro” jamoasi, bugun bor kuchi bilan asosan hujumda o‘ynashini, o‘yin shunday ham bo‘ldi. Ammo biz raqibimizni qarshi hujumlarda jazolay oldik. Bu bizlarning o‘yinga tuzgan rejamiz edi, biz bunga erishdik.

Krasich bugun o‘zining hissiyotini jilovlay olmadi, u bizni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. U bunday vaziyatda o‘zini nazorat qilishi kerak edi.

Jamoaga nomdor o‘yinchilarni taklif qilish va yig‘ish oson. Ammo ular ishtirokida o‘yinni tashkil etish yoki jamoani mazmunli o‘yin ko‘rsatishi va yana muxlislarbop o‘yinni namoyish etish bu – ko‘proq murabbiylarning ishi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, jamoaga kuchli futbolchilar yig‘ib olinadi, ammo bu jamoa kutilgan natijaga erisha olmaydi. Bu ko‘proq murabbiylarga bog‘liq. “Buxoro” jamoasida bizga nisbatan juda ko‘p nomdor futbolchilar bor. To‘g‘ri, ba’zi o‘yinlarda jamoa yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo hamma o‘yinlarda emas. Masalan, “Buxoro” bizga qarshi to‘rtta o‘yin o‘tkazdi, endi natijalar sizlarga ma’lum. O‘ylaymanki, biz jamoaviy o‘yin bilan raqibimizni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, bu mening shaxsiy fikrlarim, “Buxoro” jamoasi muarbbiylarining ishiga aralashishdan esa yiroqman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar