Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

La liga. «Barselona» o‘z uyida «Atletiko» bilan durang o‘ynadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29
La liga. «Barselona» o‘z uyida «Atletiko» bilan durang o‘ynadi

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qildi. Ushbu o‘yindan oldin "Real" o‘z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotganini inobatga olganda, ikkala jamoada "Qirollik klubi"ga yaqinlashib olish imkoniyati bor edi. Ammo bu bahs ham durang bilan yakunlandi.

Dastlabki 30 daqiqa ichida jamoalar taxminan bir-birlariga teng futbol namoyish qildilar. Tanaffusgacha bo‘lgan so‘nggi 15 daqiqada "Barselona" bosimni oshirdi va hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin InShesta darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rakitich bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limni Diego Simeone shogirdlari faol boshlashdi. Boz ustiga, Luis Enrike avval Busketsni, so‘ngra jarohat olgan Lionel Messini zaxiraga oldi. Bu esa mehmonlarning hisobni tenglashtirishiga olib keldi. Mehmonlar chap qanotda to‘pni o‘yinga kiritishdi va Torres Pikening yonidan o‘tkazib Korreaga uzatma berdi. Maskerano esa kutilmaganda yiqilib tushdi va Anxel darvozabon bilan birga-bir vaziyatda 15 metrdan zarba berdi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Hakamning final hushtagiga qadar kataloniyalarda gol urish uchun kamida 3ta, madridliklarda bir marta imkoniyat yuzaga keldi. Biroq posbonlar yaxshi harakat qilib, to‘pning darvozadan o‘rin olishiga yo‘l qo‘yishmadi.
Ushbu durangdan keyin "Barselona" 10, "Atletiko" esa 9 ochko bilan jadvalda 3 va 4-o‘rinlarni egallab turishibdi. "Real" 13 ochko bilan birinchi, "Sevilya" 11 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
"BARSELONA" - "ATLETIKO" - 1:1
Gollar: 1:0 – 41 Rakitich, 1:1 – 61 Korrea.
Barselona – ter Shtegen, Suares, Pike, Alba, Buskets (Andre Gomesh, 51), Maskerano, Rakitich, Serdji Roberto, InShesta, Neymar, Messi (Turon, 59).
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Parti, 73), Saul (Torres, 60), Grizmann, Gameyro (Korrea, 60).
Ogohlantirishlar: Koke (54), Grizmann (67), Parti (82), Suares (84), Filipe Luis (86), Alba (90).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar