Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.09.2016

“Barselona” va “Atletiko Madrid”: Jo‘jani kuzda sanaymiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 89
“Barselona” va “Atletiko Madrid”: Jo‘jani kuzda sanaymiz

Futbolda mustahkam himoyaga ega raqibga duch kelsangiz, jamoangizda ularning himoyasini yorib o‘tadigan, kuchli himoyachilardan ham tajribaliroq hujumchilar borligi sizga taskin beradi.
Bunga “Barselona” hamda “Atletiko Madrid” jamoalari o‘rtasidagi avvalgi uchrashuvlarda ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Biri to‘pni nazorat qilsa, boshqasi o‘z darvozasni qo‘riqlaydi. Maydon esa hech kimga kerak emas...
Shunday qilib bu ikki jamoa o‘rtasida navbatdagi bahsga 22 sentyabrSh kuni “Barselona” mezbonlik qiladi. Deyarli 100 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Kamp Nou” stadioni yana tomoshabinlarga to‘lib toshadi. Ikki jamoaning uchrashuvlari har doim tomoshabop bo‘lgan, biroq hozir gap bu haqda emas.
Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, “Atletiko”ning himoyasi qanchalik mustahkam bo‘lmasin, Luis Enrikening shogirdlari orasida uni yorib o‘ta oldigan futbolchilar topilar ekan. “Barselona” klubining rasmiy saytida yozilishicha, poytaxtliklar darvozasiga yo‘l topa olgan futbolchilar o‘nligi tuzilgan.
Jadvalni Atletikoga qarshi 20ta o‘yinda 21ta gol bilan Lionel Messi boshqarib turishi ajablanarli hol emas.
Neymar va Luis Suares Diego Simeonening shogirdlari darvozasiga ikki martadan yo‘l topgan bir vaqtda InShesta, Pike va Buskets bittadan gol urishgan.
Biroq jamoaning hozirgi tarkibidagi ayrim o‘yinchilar “Barselona” libosini kiyishidan avval “Visente Kalderon” egalarining darvozasidan to‘p olib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Ular orasida Ivan Rakitich “Sevilya” va “Valensiya” jamoalarida to‘p surgan paytida ikki bor “Atletiko” darvozasini ishg‘ol qilgan. Arturo Vidal 2013 yil “Almeriya” futbol klubi a’zosi bo‘lganida poytaxtlik klubga chalqancha usulda gol kiritgan. Andrea Gomish va Pako Alkaserning ikkisi ham “Valensiya” jamoasi tarkibida o‘ynagan vaqtida “Atletiko” darvozabonini dog‘da qoldirishgan.
Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bu tarafdan qaraganda, Fernando Torres kataloniyaliklar darvozsiga urilgan 8ta golni o‘z nomiga rasmiylashtirgan. Shuningdek, Godin va Koke ham “Barselona” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Grizman “Soseydat” tarkibida o‘ynagan vaqtida ikki marta, Gaymero esa “Sevilya” jamoasi nomidan bir marta “Barselona” darvozabonini hafa qilishganini ham aytib o‘tish lozim.
Yuqorida aytganimizdek, ikki jamoaning o‘yini har doim mazmunli va kutilganidanda shiddatli kechadi.
Uchrashuv ertaga, 22 sentyabrSh Toshkent vaqti bilan 1:00 da boshlanadi. Bu uchrashuv ikki jamoaning La Ligadagi beshinchi o‘yini bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ispaniya ligasida 12 ochko bilan “Real Madrid” jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi. “Barselona”da esa 9 ochko bor va u ikkinchi o‘rinni band etgan. “Atletiko Madrid” esa 8 ochko bilan ro‘yxatda to‘rtinchi bo‘lib turibdi. Agar u beshinchi turda g‘alaba qozonsa, jadvalda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. Muxtor Abdullaev Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar