Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.09.2016

Konte: «0:2 hisobida yutqaza turib, «Lester»ni mag‘lub etish — bu g‘aroyib»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 32
Konte: «0:2 hisobida yutqaza turib, «Lester»ni mag‘lub etish — bu g‘aroyib»

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya liga kubogining 3-bosqichi doirasida «Lester»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘yin davomida londonliklar 0:2 hisobida ortda borayotib, qo‘shimcha bo‘limlarda 4:2 hisobida g‘alabani rasmiylashtirishdi.
«Bu haqiqiy britancha o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda 4ta gol urish va keyingi bosqichga chiqish — bu g‘aroyib.

Agar o‘tkazib yuborilgan gollar borasida fikrimni so‘rasangiz, jamoamning xatolaridan noroziman. Ammo men futbolchilarning aqlbovar qilmas xarakterini ko‘rdim. Ular ijobiy natijaga erishish uchun birdamlik bilan harakat qilishdi. Futbolchilar sidqidildan o‘ynab, g‘alabaga bo‘lgan iroda namoyish etishdi. APLning avvalgi bahsidagi mag‘lubiyat va bugun o‘tkazib yuborilgan 2ta goldan keyin buni amalga oshirish oson emasdi.
O‘yinimizni kuchaytirishimiz kerakligini bilamiz. Buni yana takrorlashim mumkin. Bunga erishishning yagona yo‘li — jiddiy ishlab, ayrim jihatlarimizni yaxshilashimiz kerak. Ishonchim komil, biz buni uddalaymiz. Shaxsan o‘zim buning uchun bor kuchimni sarflayman», — deydi Konte.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar