Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

MourinSho “MYu”ni qaysi botqoq sari etaklayapti?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 80
MourinSho “MYu”ni qaysi botqoq sari etaklayapti?

Joze MourinSho so‘nggi 10 yil ichida ilk bor qatorasiga 3 bor mag‘lubiyatga uchradi. Boz ustiga, bu kabi omadsizliklar “MYu”da yuz berdi. Biz endilikda “qizil iblislar” bilan yuz berayotgan kichik tanazzul borasida so‘z yuritamiz.

MourinSho “MYu”ni qaysi botqoq sari etaklayapti?

“Uotford”dan uchralgan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat nafaqat muxlislar va ekspertlar, balki Jozening o‘zi uchun ham kutilmagan fojea bo‘ldi. Hattoki o‘yin so‘nggida MourinShoning holatiga qarab natijani aniqlab olish ham qiyin emas edi.

MourinSho – sehrgar emas va van Gaal qoldirib ketgan noo‘rin izlarni ketkazish ham bir qancha muddat talab qiladi. Buni faqatgina sabrsiz fanatlar tushunishmaydi. “Yunayted”da “Old Trafford”ga Ibragimovich va Pogba kabi yulduzlar tashrif buyurganidan so‘ng, hayratdan aqldan ozayozishdi. Buni rad etish mumkin emas. Ammo, maydonda pullar emas, balki futbolchilar to‘p suradi. Hattoki, Pogba uchun to‘langan 105 million evro ham Pol taajjubli futbol namoyish etishiga kafolat degani emas! Pogba hozircha hayron qoldirmayapti va uning jamoasi esa, ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

MourinSho “MYu”ni qaysi botqoq sari etaklayapti?

Bunday omadsizliklar va tushunmovchiliklar van Gaal davrida ko‘p marotaba sodir bo‘lgandi. Mourino aynan shu muammoni hal qilish uchun Manchesterga chorlandi. Mag‘lubiyatlarga nazar tashlasak, hech kim “qizil iblislar”ni qaysidir mag‘lubiyatini adolatsiz, deb ayta olmaydi va bu qaysidir ma’noda kulgili ham tuyuladi. Ayniqsa, Manchester derbisidagi mag‘lubiyat ular uchun og‘riqli bo‘ldi. Muammo “Yunayted” yutkazganida emas, balki raqibi qo‘li ostida qo‘g‘irchoq bo‘lganligidadir.


“Bornmut – joriy mavsumda biz uchun eng katta muammo tug’dirgan jamoa”, – deya Guardiola yaqinda bergan intervyusida aytib o‘tdi. O‘yinga mankunianliklar faqat Bravoning beo‘xshov xatosidan so‘ng qisman qaytishdi. Bungacha na 40 millionlik Mhitaryan va na 105 millionlik Pogba o‘zini ko‘rsata oldi.

“Manchester Yunayted” fanatlaridan biroz sabrli bo‘lish talab etiladi. Mourinodek buyuk murabbiyga bu klubni Evropa elitasiga qaytarish noilojsiz masala emas. Ammo, buni ado etish uchun Jozega ma’lum muddat vaqt kerak bo‘ladi. “Bizning maqsadimiz – bu titul”. Ushbu so‘zlar kimsan Mourinoga tegishli va bu so‘zlar so‘nggi “Hall” ustidan qozonilgan g’alabadan so‘ng aytib o‘tilgan. Ko‘ramiz, joriy mavsumda Joze qaysi pog’onaga ko‘tarila olar ekan. Ammo, jamoa zudlik bilan kuchli progress va o‘zgarishlarni o‘zlashtira olsa, titulga ham kurashishlari ehtimoldan holi emas.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar