Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

Boyan Malishich: “Nasaf” muxlislarning “Pike” deyishlarini sog‘indim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Boyan Malishich: “Nasaf” muxlislarning “Pike” deyishlarini sog‘indim

O‘zbekistonda o‘ynab, muxlislarnig mehrini qozona olgan legionerlardan intervyular davom etadi. Bu galgi suhbatdoshimiz 2011 - 2012 yilgi mavsumlarda Qarshining “Nasaf” jamoasi safida to‘p surgan hamda ko‘plab muxlislarning mehrini qozona olgan serbiyalik himoyachi Boyan Malishich bo‘ldi.

Salom Boyan! ishlaringiz yaxshimi? Men o‘zbekistonlikman… “Nasaf” yodingizdami?

-Salom, Albatta!!! Men hech qachon “Nasaf”ni va O‘zbekistonni unuta olmayman. Siz haqingizda Ivan Boshkovich aytib berdi. Biz bilan bog‘langaningizdan xursandman.

Agar qarshi bo‘lmasangiz sizga bir nechta savollarim bor edi…

-Bemalol, barcha savollaringizga qo‘ldan kelgancha javob berishga harakat qilaman.

Birinchi savolim bevosita sizning futbodagi faoliyatingiz bilan bog‘liq, futbolga kirib kelishingizga nima turtki bo‘lgan?

-Yoshligimdan futbol bilan shug‘ullanib kelganman. Futbolga kirib kelishimning bosh omili futbolga bo‘lgan muhabbatim desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Sababi bolaligimdan futbolni yaxshi ko‘raman, chunki oilamizda deyarli barcha futbolchi bo‘lishgan, otam, bobom va ko‘plab qarindoshlarimni bunga misol tariqasida keltirib o‘tishim mumkin. Futboldagi professional kareramni bundan o‘n ikki yil avval boshlaganman. Aynan o‘shanda o‘zimdagi iqtidorni his etganman va bu sport turini o‘zimga kasb sifatida tanlab olganman.

Agarda futbolchi bo‘lmaganingizda qaysi kasb egasi bo‘lar edingiz?

-To‘g‘risi bu savolga javob berish qiyin, bu savolingizga javob olish uchun 12 yil ortga qaytishimiz kerak. O‘shanda futbolni tanlamasam, balkim uchuvchi bo‘lishim mumkin edi…

Bugungi kunga kelib bo‘sh vaqtingizda nimalar bilan shug‘ullanasiz?

-Bo‘sh vaqtimda ko‘proq romantik va tarixiy janrdagi kitoblar o‘qiyman. Bu menga fikrimni jamlashga va maydonda o‘zimni erkin xis etishga yordam beradi.

Qaysi jamoada to‘psurgan vaqtingizda faoliyatingizning cho‘qqisiga chiqqansiz?

-“Nasaf”da!!!

O‘zbekistonga, “Nasaf”ga kelishingiz qanday ro‘y bergan? Balki kimdur sababchi bo‘lgandir?

-Bir kuni agentim yonimga keldi va O‘zbekistonning eng kuchli klublaridan bir himoyachi izlayotgani va meni ham ko‘rikka chaqirishganini aytdi. Men borishga rozi bo‘ldim va tez orada jamoaning mashg‘ulotlariga qo‘shildim. Keyin esa murabiylar meni o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirishdi. O‘ytnda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim va qaysidir ma’noda buni uddasidan ham chiqdim, chunki jamoa menga shartnoma taklif qildi. “Nasaf” bilan shartnoma imzoladim. Bu mening xorijiy klublar bilan tuzilgan birinchi shartnomam edi.

Ilk bor jamoaga kelganingizda sizni qanday qabul qilishgan? O‘sha paytda “Nasaf”dagi ichki muhit haqida nimalar deya olasiz?

-Jamoaga kelgan ilk kunimdanoq barcha meni yaxshi kutib oldi, jamoadoshlarim bilan tanishib oldik, barcha bilan tez chiqishib ketgan edim. “Nasaf”da o‘sha paytda juda ajoyib muhit hukm surar edi. Barchamiz ahil edik, shu sababdan mavsumni juda yaxi o‘tkazdik va yakunda OFK kubogini qo‘lga kiritganmiz.

Qarshi shahri haqida nimalar deya olasiz?

-Bu erga Evropadan kelganligim bois, boshida shaharga moslashib olishim juda qiyin bo‘lgan. Ammo oldingizda boshqa variyant ham tanlash imkoni ham bo‘lmagach, baribir moslashib ketasiz.

Shaharga moslashib olishimga ko‘p vaqt ketgan bo‘lsada, bu erni yoqtirib qolgan edim.

Qarshiliklar meni yaxshi ko‘rishar edi. Hammasi ajoyib edi. Bu shahar klubi mening faoliyatimdagi eng yaxshi klubi. Qarshini, umuman O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman, chunki bu erda hayotimning eng yaxshi lahzalarini o‘tkazdim.

Qarshidagi bazamizni, muxlislarni, umuman butun O‘zbekistonni sog‘indim…

Qarshida yashagan vaqtingizda o‘zbek milliy taomlaridan qaysi sizga ko‘proq yoqqan?

-Juda ko‘p o‘zbek milliy taomlarini ist’emol qilganman, ammo hammasini ham nomlarini eslay olmayman. Somsani yaxshi ko‘rar edim ammo men uchun 2tasi kam 3tasi esa ko‘p edi… Lekin oshni juda yaxshi ko‘rar edim. Avvaliga semirib ketishdan qo‘rqib kamroq er edim ammo, keyinchalik ishtaham ehtiyotkorligim ustidan g‘olib bo‘lgan.

Hozir ham uyda o‘zim osh qilib turaman, ammo O‘zbekistondagidek chiqmaydi, lekin “Coka-Cola” bilan yaxshi ketadi.

Qarshida sizni muxlislar nima deb chaqirishlari yodingizdami?

-Pike…

Bunday chaqirishlari sizga yoqar edimi?

-Ha judayam yoqar edi.

Hozirchi? Hozir ham shunday chaqirishadimi?

-Yo‘q, hozir Mali King (Mali King) deb chaqirishadi.

Nega Pike emas?

-Chunki, tashqi ko‘rinishimda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdim, uzun soqol, uzun soch va totuirovkalar…

Sizni Pike deb chaqirishlari ko‘proq yoqqaniga qaraganda, “Barselona” muxlisi bo‘lsangiz kerak…

-Adashdingiz, men “Real”ga muxlislik qilaman.

“Real” yoki “Barselona”da o‘ynash orzo‘yingiz bormi?

-Bolaligimda bor edi… Hozir esa faqat real hayotdan kelib chiqib orzu qilaman. Ya’ni, Xitoy yoki Malayziya klublarida to‘p surishni istayman. Sababi futbolchilik meni kasbim, Oila boqishim kerak…

Xo‘sh, shunday klublardan takliflar bormi?

-Ha Xitoyning “Guvangjou Evergrand” jamoasidan taklif bor. Agar kelisha olsak, faoliyatimni Xitoyda davom ettirishim mumkin.

“Nasaf” bilan OFK kubogidagi ishtirokingizni yaxshi eslasangiz kerak, musobaqadagi eng oson o‘yin qaysi bo‘lgan?

-Guruh bosqichidagi Hindistonning “Dempo” klubiga qarshi uchrashuv oson o‘tgan.

Eng qiyin o‘yinchi?

-Yarim finaldagi “Al Vehdat”ga qarshi javob uchrashuvi nihoyatda qiyin kechgan. Shuningdek, “Al Faysali”ga qarshi nimchorak final hamda “Quvayt SK”ga qarshi final uchrashuvlari ham nihoyatda qiyin kechgan.

Final. Hakamning final hushtagi yangradi. “Nasaf” Chempion!!! Bu vaqtdagi xolatingizni ta’riflab bera olasizmi?

-Yo‘q, bu lahzalarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Ammo hamon kechagidek yodimda, biz butun jamoamiz bilan bir mexanizmdek maydonda harakat qilgan edik. O‘shanda juda chiroyli o‘yin namoyish etdik va chiroyli tarzda g‘alabaga erishdik. Stadiondagi atmosferani ta’riflay olmayman. Bu mening faoliyatimdagi birinchi xalqaro sovrinim edi. “Nasaf” esa men to‘p surgan jamoalar orasida eng yaxshisi. Finaldan so‘ng yig‘lab yuborishimga oz qolgan.

Yangi mavsumda “Nasaf” mamlakat vitse-chempioni sifatida Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etdi…

-Bu musobaqadagi birinchi o‘yin o‘yindan keyin ruhan tiklana olmadik, guruh bosqichidagi qiyinchiliklarni engib o‘ta olmadik va guruhda qolib ketdik. Ammo yaxshigina tajriba to‘play oldik.

Yangi mavsumni yangi murabbiy qo‘l ostida boshladingiz… Ro‘ziqul Berdiev haqidagi fikringiz qanday?

-U juda ajoyib inson, yaxshi murabbiy. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, jamoada o‘ziga xos o‘yin uslubini yaratishga kirishdi. Hozir jamoada bo‘lmasam ham “Nasaf”ning OChLdagi o‘yinlarini qoldirmay ko‘rdim. Berdiev haqiqatdan kuchli jamoa shakllantira olgan.

“Nasaf”dan ketishingizga biror nima sabab bo‘ldimi?

-Bu sir bo‘lib qola qolsin…

Yana “Nasaf”dan taklif bo‘lsa jamoada to‘p surishga rozi bo‘larmidingiz?

-Albatta, hech ikkilanmasdan taklifni qabul qilar edim.

Sizga mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildiraman va faoliyatingizga zafarlar tilab qolaman!

-Sizga ham raxmat. Shu o‘rinda Qarshilik muxlislarga shuni aytmoqchiman: Pike sizlarni hech qachon unutmaydi! Meni "Pike" deb chaqirishingizni sog‘indim!

Azamat Umarov suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar